Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Ilon Mask boyligi miqdori bo‘yicha Uorren Baffetni ortda qoldirdi
11.07.2020 14:27,  
362

Tesla va SpaceX asoschisi Ilon Mask milliarderlar reytingida afsonaviy investor Uorren Baffetdan ustun keldi.

Bloomberg agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 70,5 milliard dollar egasi bo‘lgan Mask yettinchi o‘rinni Google hammuassisi Sergey Brin bilan bo‘lishib turibdi. Baffet esa 69,2 milliard dollar bilan o‘ninchi o‘rinda.

Forbes Ilon Maskning boyligini biroz kamroq deb baholamoqda - $59,3 mlrd, Baffetnikini esa aksincha ko‘proq. 

Maskning reytingning ko‘tarilishi Tesla kapitallashuvining o‘sishi bilan bog‘liq - juma kuni u yana 10 foizga ko‘tarilib 286 milliard dollarga chiqdi va bitta aksiyaning bahosi 1500 dollarni tashkil etdi (faqat iyun oyining boshida 1000 dollar edi). So‘nggi 12 oy ichida kompaniyaning kotirovkalari besh baravar o‘sdi, u dunyodagi eng qimmat avtomobil ishlab chiqaruvchiga aylandi.

O‘sish Tesla kompaniyasini S&P 500 indeksiga kiritiladi degan umid bilan bog‘liq, buning uchun u ketma-ket to‘rtta daromadli chorakni namoyish qilishi kerak. Bozorlar 22 iyul kuni hisobotni nashr etishni kutmoqdalar.

Baffet esa aksincha, bu hafta xayriya ishlariga yana 2,9 milliard dollar ajratdi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан