Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Ilon Mask cho‘chqaning miyasiga chipni muvaffaqiyatli joylashtirdi
29.08.2020 09:57,  
532

SpaceX va Tesla rahbari Ilon Mask o‘zi asos solgan Neuralink kompaniyasining simsiz chipini ikkita cho‘chqaning miyasiga muvaffaqiyatli joylashtirgani haqida xabar berdi. 

"So‘nggi bir yil ichida biz tizimlarimizni juda soddalashtirdik: ular endi tangadan kichikroq chiplarga mos tushdi. U implantatsiya paytida butunlay yashirin bo‘lishi mumkin", - dedi Mask kompaniyaning shtab-kvartirasida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida.

Uning qo‘shimcha qilishicha, chip bosh suyagi bilan to‘liq birlashtirilgan va tashqi tomondan ko‘rinmaydi. Qurilma kun bo‘yi zaryadsiz ishlashga qodir.

Kompaniyaning ta’kidlashicha, chip xotira va eshitish buzilishlaridan, ko‘rish va hatto tushkunlikdan xalos bo‘lishga yordam beradi, shuningdek, miyasi va umurtqa pog‘onasi shikastlangan odamlarga yordam beradi.

Neuralink mutaxassislari rivojlanish xavfsizligini namoyish qildilar, buning uchun ular cho‘chqalardan birining miyasidan chipni shikastlamasdan olib tashlashdi. 

Chip o‘rnatilgan ikkinchi cho‘chqa esa bir necha oy davomida begona jismdan voz kechmasdan yurgan. Tadqiqotchilar bir vaqtning o‘zida ikkita chipni cho‘chqalardan birining miyasiga joylashtirdilar va bir vaqtning o‘zida bir nechta qurilmaning parallel ishlashi mumkinligini isbotladilar.

Mask shu yil oxirida birinchi inson implantatsiyasi uchun me’yorlao ma’qullanishiga umid qilayotganini aytdi.

 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан