Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Ilon Mask dunyoda birinchi bo‘lib koinotdan tvit yo‘lladi
23.10.2019 14:51,  
248

Ilon Mask Tvitterga ikkita xabar joyladi va buni "Butunjahon interneti" orqali yozganini ma’lum qildi:

"Bu tvitni Starlink sun’iy yo‘ldoshi orqali jo‘natyapman", deb yozdi u.

Jahon interneti - internet tarmog‘ini butun dunyo bo‘ylab tarqatadigan sun’iy yo‘ldoshlar tizimi bo‘lib, Ilon Mask uni Starlink deb nomlagan va uning yordamida butun yer yuziga, hatto, ilgari internet yetib bormagan nuqtalargacha internet kirib borishiga erishmoqchi.

May oyida Maskning yana bir loyihasi SpaceX orbitaga 60 sun’iy yo‘ldoshni olib chiqqan edi. To‘g‘ri ulardan ayrimlari ishlamadi, lekin kamida 360 ta sun’iy yo‘ldosh bilan "Jahon interneti" yaratilishini ma’lum qildi.

Loyiha to‘liq amalga oshishi uchun 500 million dollar sarmoya hamda 12000 ta sun’iy yo‘ldosh kerak.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан