Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Ilon Mask dunyoning to‘rtinchi eng boy insoniga aylandi
18.08.2020 15:29,  
307

Amerikalik tadbirkor, Tesla va SpaceX kompaniyalari asoschisi Ilon Mask fransuz kompaniyalar guruhi LVMH (Louis Vuitton Moet Hennessy) bosh direktori Bernar Arnoni ortda qoldirib dunyoning to‘rtinchi eng boy insoniga aylandi. Bu haqda Bloomberg xabar bermoqda.

Agentlik xabariga ko‘ra, dushanba kuni Tesla aksiyalari 11% ga qimmatladi, Maskning boyligi esa $7,8 mlrdga ko‘paydi. Hozirgi paytda Bloomberg tadbirkorning boyligini $84,8 mlrd. deb baholamoqda. Beshinchi o‘rinni $84,6 mlrd. bilan Bernar Arno, oltinchini esa $78,8 mlrd. puli bor Hindistonning Reliance Industries egasi Mukesh Ambani egallagan.

49 yoshli Mask Amerikada va butun dunyoda 3 ta odamdan ko‘ra kambag‘alroq. Bular Facebook Mark Sukerberg ($99 mlrd), Microsoft hammuassisi Bill Geyts ($121 mlrd) hamda ketma-ket uch yildan beri Yer sharining eng boy odami, Amazon korporatsiyasi rahbari Djeff Bezos ($188 mlrd).

Tesla kompaniyasi 2003 yilda Mask tomonidan asos solingan. Boshida u Tesla Motors deb atalar edi, keyinchalik faqat Tesla qoldi. Avvaliga kompaniya faqat elektromobtllar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan edi, keyinroq esa quyosh batareykalari va boshqa energiya to‘plovchi tizimlar ham ishlab chiqaradi. Hozirda Tesla butun avtomobil ishlab chiqarish sanoatidagi eng qimmat kompaniya sanaladi. U Amerika, nemis va yapon avtoshirkatlarini kapitalizatsiyasi bo‘yicha ortda qoldirgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан