Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Ilon Mask insonlarda chiplashtirish sinovlari qachon boshlanishini ma’lum qildi
5.02.2021 19:34,  
433

Amerikalik milliarder va ixtirochi Ilon Maskga tegishli bo‘lgan Neuralink kompaniyasi yaqin oylarda odamlarda chiplashtirish sinovlarini boshlashni rejalashtirmoqda. 

Kompaniya falaj odamlarning harakatlanishini tiklashga yordam beradigan chiplarni ishlab chiqaradi. 

Avvalroq, Ilon Mask bu borada maymun bilan muvaffaqiyatli tajriba o‘tkazganini ma’lum qilgandi. 

Uning miyasiga mayda simlar bilan implantatsiya qilingan, bu hayvonga hech qanday noqulaylik tug‘dirmagan. 

Kompaniyaning bundan keyingi maqsadi chipni inson miyasiga joylashtirish va u bilan kompyuter o‘rtasida aloqa o‘rnatishdir. 

Ilon Maskning ma’lum qilishicha, sinovlarda qatnashmoqchi bo‘lgan odam ham tayyor. 

Erkak 20 yil oldin avtohalokatga uchragan va o‘shandan buyon falaj holatida. 

Maskning ta’kidlashicha, kompaniya implantlarning xavfsizligi ustida ish olib bormoqda va agar hech qanday aralashuv bo‘lmasa klinik sinovlar shu yildayoq boshlanishi mumkin. 

Ma’lumot uchun, miyaga o‘rnatiladigan chiplar orqali masofadan turib fikrni uzatish, sun’iy ong orqali miya faoliyatini boshqarish, miya orqali kompyuterdan foydalanish, chip orqali miyadagi ma’lumotlarni o‘qish va unga yuklash imkoniyatlari mavjud.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан