Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Ilon Maskning boyligi 100 milliard dollardan oshdi
27.08.2020 16:36,  
147

Tesla va SpaceX asoschisi Ilon Maskning boyligi birinchi marta 100 milliard dollardan oshdi - u Bloomberg Billionaires Index reytingida 101 milliard dollarni tashkil etmoqda.

2020 yil boshlarida ham Maskning boyligi deyarli to‘rt baravar kam - 27,4 milliard dollarni tashkil qilgan edi, ammo Tesla aksiyalari qiymatining tez o‘sishi unga yana 73,6 milliard dollar olib keldi. Bugungi kunda Tesla'ning kapitallashuvi 400 milliard dollardan oshdi - bu bir necha oy ichida ikki baravarga oshdi. Tesla dunyodagi eng qimmat avtomobil kompaniyasi hisoblanadi. Chorshanba kuni Johnson & Johnson'ning bozor bahosidan ustun keldi.

Hozirda, Bloomberg ma’lumotlariga ko‘ra, Ilon Mask dunyodagi eng boy odamlar reytingining to‘rtinchi qatorida, Jeff Bezos (Amazon asoschisi), Bill Geyts (Microsoft hammuassisi) va Mark Sukerberg (Facebook) dan keyin to‘rtinchi o‘rinda.

Yil boshidan beri Jeff Bezosning boyligi 87,1 milliard dollarga o‘sdi va 201 milliard dollarga etdi.Hozirda Bill Geytsning boyligi 124 milliard dollarni tashkil etmoqda (yil boshidan + $11,2 mlrd). Mark Sukerbergning kapitali 115 milliard dollarni tashkil etadi (o‘sish $36,3 mlrd).

Louis Vuitton Moët Hennessy (LVMH) rahbari Bernard Arno bir yil ichida eng ko‘p pul yo‘qotdi - u 18,6 milliard dollardan ayrilib, hozirda 86,6 milliard dollarga ega, yil boshidan beri Uorren Baffet ham boylik yo‘qotdi - hozirda uning boyligi 81,2 milliard dollarga teng. (- $8,07 mlrd).

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан