Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






I.M. Gubkin nomidagi universitetning Toshkent  filialiga qabul kvotalari tasdiqlandi
9.06.2020 13:33,  
128

"2020/2021 o‘quv yili uchun I.M. Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universitetining Toshkent shahridagi filialiga qabul to‘g‘risida" Hukumat qarori (363-son, 08.06.2020 y.) qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, 2020/2021 o‘quv yili uchun I.M. Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universitetining Toshkent shahridagi filialiga (Filial) talabalarning qabul kvotasi 345 (kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha – 225, kechki ta’lim shakli bo‘yicha – 120) o‘rin miqdorida belgilandi.

Filialga qabul kunduzgi ta’lim shakli yo‘nalishlari bo‘yicha 40 foizi – davlat granti, 60 foizi – to‘lov-kontrakt, kechki ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha esa to‘liq to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.

Universitetning Qashqadaryo viloyatidagi hududiy tayyorlov bo‘linmasi bitiruvchilarini Filialga maqsadli qabul qilish, tayyorlov bo‘linmasi bitiruvchilari o‘rtasida o‘tkaziladigan alohida tanlov natijalari bo‘yicha amalga oshiriladi. Tanlovdan o‘tmagan tayyorlov bo‘linmasi bitiruvchilari Filialga kirish uchun umumiy talablar asosida imtihon topshirish huquqiga ega.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан