Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






IMEI kodini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun to‘lovlarni bekor qilish taklif etildi
17.02.2020 10:45,  
370

"Mening fikrim" jamoaviy mrojaatlar portaliga "Mobil qurilmalarning IMEI kodlarini ro‘yxatdan o‘tkazishni soddalashtirish haqida" petitsiya kiritildi.

Unda jismoniy va yuridik shaxslardan mobil qurilmalarning IMEI raqamlarini ro‘yxatga olish uchun aholidan undiriladigan to‘lovlarni bekor qilish va ro‘yxatga olishni yanada soddalashtirish tartibi joriy etilishi so‘ralgan. 

"Hozirgi globallashuv davrida aholini qo‘llab-quvvatlash, ortiqcha to‘lov va ovoragarchiliklarni bartaraf etish muhim deb hisoblayman. Yuqoridagilarni inobatga olgan holda IMEI kodlarini ro‘yxatga olishda to‘lovlarni bekor qilinishini so‘rayman", degan petitsiya muallifi.

Hozircha (2020 yil 17 fevral, 10:40) murojaatga 3411 kishi ovoz bergan, 91 kishi izoh yozgan.

Agar murojaatga ovozlar soni 10000 kishiga yetsa, u tegishli organlar tomonidan ko‘rib chiqilishi shart bo‘ladi.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda telefonlar IMEI raqamini ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha eng oddiy sharh

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан