Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Imomali Rahmon prezidentlarni qanday kutib oldi? (video)
16.06.2019 12:55,  
17

Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengash sammitida qatnashgan davlat rahbarlari uchun uyushtirilgan do‘stlik kechasi  Tojikiston prezidentining shahardan tashqaridagi rezidensiyasida bo‘lib o‘tdi.

Sammitda ishtirok etish uchun O‘zbekiston, Xitoy, Eron, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston. Bangladesh, Shri-Lanka, Turkiya va Rossiya Prezidentlari hamda Afg‘oniston Bosh vaziri Abdulla Abdulla Tojikiston poytaxtiga tashrif buyurgan.

Bundan tashqari, Dushanbega Bahrayn, Vetnam, Misr, Isroil, Hindiston, Ioraniya, Iroq, Qatar, Kambodja, Janubiy Koreya Mo‘g‘uliston, Birlashgan Arab Amirliklari, Pokiston, Falastin, Tailand, Belarus, Indoneziya, AQSh, Filippin, Malayziya, Ukraina, Yaponiyadan yuqori martabali delegatsiyalar va BMT, YeXHT, ShHT, MDHdan vakillar kelgan.

Oliy martabali mehmonlarga tojik milliy uyi, milliy hunarmandlik namunalari, milliy taomlarni tayyorlash jarayoni hamda ushbu o‘lkada yetishtirilgan meva-sabzavotlar va poliz ekinlari namoyish qilindi.

Shundan so‘ng prezidentlar Varzob rezidensiyasidan ochiladigan ajoyib tabiat manzaralarini tomosha qilishdi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан