Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Import benzin narxi oshishi mumkin
25.05.2020 21:02,  
459

O‘zbekneftgaz kompaniyasi import qilinadigan benzin uchun aksiz solig‘ini 5 %dan 20 %ga oshirishni taklif qilmoqda. Xabar kompaniya hamda Energetika vazirligi tomonidan tasdiqlandi.

"Import qilinadigan xom ashyo narxini pasaytirish yo‘li bilan respublika iste’molchilarini arzon narxlarda neft mahsulotlari bilan ta’minlash maqsadida, ITSV (Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi) tomonidan import qilinadigan tovarlarga aksiz solig‘i nolga tushirilishi munosabati bilan ichki bozorni himoya qilish choralarini ko‘rib chiqmoqdamiz", - deyiladi hujjatda.

T.me/bakiroo

Shu sababli neftni qayta ishlash zavodlarining ishlab chiqarish quvvatlarini  ta’minlash uchun "O‘zbekneftegaz" ba’zi bir tayyor neft mahsulotlarining importiga aksiz solig‘i stavkalarini qayta ko‘rib chiqishni talab qiladi. Bu mamlakatda neft mahsulotlari ishlab chiqarishni rag‘batlantiradi, deb hisoblamoqda kompaniya. 

Taklif etilayotgan stavkalarga muvofiq bitumli jinslardan olinadigan neft va neft mahsulotlariga aksiz solig‘ini 5 foizdan 0 foizga tushirish rejalashtirilgan. Shu bilan birga, AI-80, AI-91, AI-92 benzinlariga aktsiz solig‘i 5 foizdan 20 foizga oshirilishi taklif qilinmoqda. Jet A-1 gaz turbinali dvigatellari va TS-1 reaktiv dvigatellari uchun aviayoqilg‘i uchun ham aksiz solig‘i 20 %ga ko‘tarilishi so‘ralgan. 

15 maydan boshlab import qilingan AI-92 benzini UNG AYoQShlarida 5000 so‘mga tushdi, mahalliy AI-91 esa aprel oyidagi pasayishdan keyin 5600 so‘mga tushdi.

Ma’lumot uchun. Aksiz (frans. accise – qirqib olmoq) – keng iste’mol tovarlari, eng muhim xom ashyolarga, shuningdek xizmatlar uchun davlat tomonidan solinadigan qo‘shimcha soliq turi hisoblanib, uni bevosita xaridorlar to‘laydi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан