Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Import qilinayotgan avtomobillarga davlat boji stavkalari ikki baravar pasaytirilishi mumkin
10.09.2019 13:45,  
74

O‘zbekiston mamlakatga import qilinayotgan avtomobillar davlat boji stavkalarini ikki baravarga pasaytirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda "O‘zavtosanoat" vakili Rustam Qodirov xabar qilmoqda.

Qodirov bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi "Adolat" sotsial-demokratik partiyasi fraksiyasining transport vositalari uchun utilizatsiya yig‘imi joriy etishni ko‘zda tutuvchi qonun loyihasi muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilishida ma’lum qilgan.

"O‘zavtosanoat" vakili so‘zlariga ko‘ra, utilizatsiya to‘lovlarning joriy qilinishi xalq va iste’molchilar o‘ylayotganidek, narxlar oshishiga olib kelmaydi.

"Bu yig‘imni mahalliy avtomobil ishlab chiqaruvchilarimiz lokalizatsiyani kengaytirish, ichki zaxiralarni ishga solish orqali o‘z bo‘yniga oladi", - degan u.

Shuningdek, Qodirov xorijda ishlab chiqarilgan avtomobillar uchun ham alohida yondashilayotganini, jumladan, hozirda Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi tayyorlangan bo‘lib, unga ko‘ra O‘zbekistonga import qilinayotgan avtomobillarga davlat boji stavkalari ikki baravarga tushirilishi rejalashtirilayotganini aytgan.

"Shu bois utilizatsiya yig‘imini joriy etish mahalliy va import qilinayotgan avtomobillar narxiga hech qanday ta’sir qilmaydi", - deb ta’kidlagan "O‘zavtosanoat" vakili.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан