Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Imtihonlar qarshisidagi millat
2.05.2020 03:59,  
1452

Tabiiy ofatlar, texnogen fojialar har bir davlatda va jamiyatda bo‘lib turadi. Masalan, har yili Fransiyani bir qancha hududlarida suv toshqini kuzatiladi. Ko‘plab davlatlarda katta yong‘inlar, fojiali zilzilalar bo‘lib turadi. Bu, sayyoramiz uchun normal hol.

Mana, o‘tgan kuni Buxoro viloyatida to‘fon kuzatildi, yuzlab uylarning tomlari buzildi. Kecha esa Sirdaryoning Sardoba tumanida suv omborining buzilishi natijasida juda katta texnogen fojia yuz berdi. Rasmlarini ko‘rib, larzaga tushdim. Juda ko‘plab yurtdoshlarimizning uylari suv ostida qolibdi, qishloq va chorva xo‘jaliklariga juda katta talofat yetgan.

Mana shunday holatlarda Millat: davlat va xalq birlashishi, jipslashishi kerak. Hozir aybdorni izlash – birinchi vazifa emas. Asosiy vazifa – muammoni tezroq bartaraf etish, odamlarga yordam berish, fojeani oqibatlarini bartaraf etish. Hamma va har bir odam, jabr ko‘rganlarga qo‘lidan kelgan yordamini berishi kerak!

O‘zbekiston jiddiy sinovlar davriga kirib bormoqda. Ushbu sinovlarni qanchalik samarali yengishi, davlat va jamiyat o‘rtasida naqadar ishonchli munosabatlar shakllanishiga, erkinlik, farovonlik, mustaqillik kabi qadriyatlarimizning mustahkam bo‘lishiga yoki qadrsizlanishiga sababchi bo‘ladi.

Imtihonlar davri boshlanmoqda. Bu nafaqat davlat uchun, balki jamiyat, xalq uchun ham jiddiy imtihondir – Millat uchun imtihonlar davridir.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан