“In’om va’dasi” nima?

“In’om va’dasi” nima?

Tadbirning rasmiy saytida aytilishicha, bu badavlat kishilar va ularning oilasi mablag‘ining katta qismini xayr-ehsonga sarflashga undovchi urinishdir.

“In’om va’dasi”ni dastlab ko‘zga ko‘ringan filantroplardan Maykl Blumberg, Djordj Lukas, Devid Rokfeller, Mark Sukerberglar berdi. 2013 yilning fevralida 105 milliarder kampaniyaga qo‘shildi va o‘z mablag‘ining kamida yarmini xayr-ehsonga sarflashga va’da berdi.

Va’dagi ko‘ra egasi vafot etganidan keyin ham mablag‘ in’om etilaveradi. In’om va’dasini bergan badavlat shaxs qaysi mamlakatga va qanday dasturga mablag‘ sarflashni o‘zi tanlaydi. Va’da huquqiy jihatdan asoslanmagan (bajarmagan javobgarlikka tortilmaydi), ma’naviy mas’uliyat sanaladi. Buning uchun va’da beruvchi shaxs jamg‘arma nomiga ixtiyoriy ariza yozib berishi kifoya.

“In’om va’dasi”ni berganlar orasida g‘arb milliarderlari ko‘pchilikni tashkil etadi. Shuningdek, Mail.ru Group egasi rossiyalik Yuriy Milner, asli sudanlik Muhammad Mo Ibrohim, hindistonlik Azim Premjilarni ham ro‘yxatda uchratish mumkin.