Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






“Yashil” hududlarda individual shug‘ullanish uchun trenajer zallari va basseynlarga ruxsat beriladi
4.06.2020 01:47,  
106

Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan, 2020 yil 5 iyundan boshlab quyidagilarga ruxsat beriladi:

“Yashil” hududlarda “sariq” hududlarga qo‘shimcha ravishda:

- individual shug‘ullanish uchun trenajer zallari va basseynlar faoliyatiga. 

Bunda trenajer zallari va basseynlar ob’yektlarining doimiy ravishda dezinfeksiya qilinishi, ularning kirish-chiqish joylarini pirometrlar, antiseptik vositalar va dezinfeksion “to‘shak”lar bilan jihozlash, xodimlarning tibbiy niqob va tibbiy qo‘lqoplardan foydalanishi, ijtimoiy masofani saqlashi, shuningdek, har bir fuqaroning tana haroratini o‘lchab, 37*S va undan yuqori bo‘lgan, infeksiya alomatlari mavjud bo‘lgan holatda hamda tibbiy niqobda bo‘lmagan  hollarda kiritmaslik choralarini ko‘rish, ijtimoiy masofani ta’minlash imkoniyati bo‘lmagan jamoaviy sport turlarini o‘tkazmaslik talab etiladi;

- madaniyat ob’yektlari (teatrlar) faoliyatiga, individual va jamoaviy repetitsiyalar o‘tkazish sharti bilan (30 kishidan ko‘p bo‘lmagan), tomoshabinlar va tashrif buyuruvchilarga ruxsat bermagan holda, spektakllarni onlayn rejimida yoki televideniye orqali translyasiya qilish yo‘li bilan; 

- ta’lim markazlari, to‘garaklar (10 kishidan ko‘p bo‘lmagan gurug‘ tashkil etib, vaqtini oldindan kelishgan holda) faoliyatiga. 

Bunda xodimlar va bolalarning sog‘lig‘i holatini doimiy nazorat qilish (tana haroratini muntazam o‘lchab borish), infeksiya alomatlari mavjud bo‘lgan xodimlar va bolalarni mashg‘ulotlar chetlatish, shuningdek, sanitariya-gigiyena va dezinfeksiya talablariga qat’iy rioya etish talab etiladi

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан