Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Indoneziya va malayziyalik musulmonlar bu yil haj safariga bormaydi
17.06.2020 10:56,  
117

Indoneziya va Malayziya joriy yilda o‘z fuqarolarini koronovirus pandemiyasi tufayli Haj safariga  yubormasligini ma’lum qildi, deya xabar bermoqda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita matbuot xizmati.

Bu haqida Indoneziya Din ishlari bo‘yicha vaziri Faxrur Roziy shunday deydi: “Hukumat Haj-2020 safarini bekor qilish haqida qaror qabul qildi. Bu qarorga kelish oson bo‘lmadi, biroq biz haj davrida ziyoratchilarimiz va ularga xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarimiz xavfsizligi uchun ma’sulmiz”.

Shuningdek Faxrur Roziy: “Avvalroq Indoneziya xavfni kamaytirish maqsadida hajga ziyoratchilarning yarmini jo‘natishni rejalashtirgan edik, keyinchalik esa umuman hech kimni  Saudiya Arabistoniga yubormaslikka qaror qilindi” deb ta’kidlab o‘tdi.

Ma’lumot uchun, Indoneziya aholi soni bo‘yicha eng katta musulmon davlati bo‘lib, unga beriladigan haj kvotasi 221 ming nafar hojini tashkil qiladi. Ularning 90% uchun mehmonhonalarda joylar band qilingan edi.

Shuningdek, Malayziya hukumati ham koronavirus infeksiyasi bilan bog‘liq vaziyat Saudiya Arabistoni va butun dunyoda salbiyligicha saqlanib qolayotganini e’tiborga olib, bu yil o‘z fuqarolarini Haj safariga yubormaslik borasida qaror qabul qilgan. Bu haqida Malayziyaning Din ishlari bo‘yicha vaziri Zulkifi Muhammad al-Bakriy xabar berdi.

Muhammad al-Bakriy Kuala-Lumpur shahrida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida shunday dedi: “Xabaringiz bor, Haj-2020 mavsumini tashkil etmaslik bo‘yicha Malayziya Sog‘liqni saqlash vazirligining bayonotida ham alohida ta’kidlandi. Chunki, hozirda koronovirus pandemiyasi bilan bog‘liq vaziyat dunyo bo‘ylab murakkabligicha qolmoqda, bunday vaziyatda tavakkal qilish mumkin emas. Haj mavsumini bekor qilish masalasi 9 iyun kuni bo‘lib o‘tgan Islom ishlari bo‘yicha Milliy Kengash majlisida ko‘rib chiqilgan va xulosaviy qaror qabul qilindi”.

Shuningdek, Muhammad al-Bakriy: “Bu qarorni qabul qilish juda qiyin bo‘ldi, chunki musulmon inson uchun haj safarini naqadar muhim ekanini hammamiz yaxshi bilamiz, lekin mavjud vaziyat shuni talab qildi”, dedi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан