Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Indoneziyada 17 yil avval o‘lgan odam "qayta tirildi"
22.03.2021 15:38,  
3424

Indoneziyada 17 yil avval sunami tufayli halok bo‘lgan deb hisoblangan politsiya ofitseri Abrip Asep «qayta tirildi». Bu haqda Daily Mail’ga tayanib "Zamon.uz" xabar bermoqda.

2004 yilning 26 dekabrida ro‘y bergan tabiiy ofat tufayli minglab odamlar halok bo‘lgan edi. Politsiyachining oilasi ham uni halok bo‘lgan deb o‘ylardi. Avvaliga uni bedarak yo‘qolganlar ro‘yxatiga kiritishgan, so‘ng halok bo‘ldi deb e’lon qilingan.

Ma’lum bo‘lishicha, o‘tgan yillar davomida politsiyachi Achex viloyatidagi ruhiy kasalliklar shifoxonasida bo‘lgan. Sunami paytida boshidan kechirgan dahshatlardan so‘ng uning ruhiy ahvoli buzilgan. «Odamning ishongisi kelmaydi, – deydi Asepning qarindoshlaridan biri. – 17 yil mobaynida undan hech qanday xabar yo‘q edi, uni o‘lgan deb o‘ylardik; uning tirik ekanligini bilmasdik». Ruhiy kasalliklar shifoxonasi Asepning ota-onasiga uning shifoxonada yotgani haqida nega xabar bermagani qorong‘u.

2004 yilning 26 dekabr kuni Indoneziyada Rixter shkalasi bo‘yicha 9 balli zilzila sodir bo‘lgandi. Natijada Janubi Sharqiy Osiyo mamlakatlaridada ro‘y bergan sunami oqibatida 270 mingdan ortiq odam halok bo‘lgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан