Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Indoneziyada qulagan Boeing 737-500 samolyoti halokati sababi aytilmoqda
11.01.2021 12:55,  
538

“Sriwijaya Air” aviakompaniyasiga qarashli Boeing 737-500 yo‘lovchi samolyoti suvga urilganda parchalanib ketgan, deya xabar qiladi

“Straits Times” gazetasi Indoneziya transporti xavfsizligi bo‘yicha milliy qo‘mita bergan ma’lumotiga tayanib."Bu hali yakuniy xulosa emas. Dastlabki ma’lumotlar shuni ko‘rsatmoqdaki, havo layneri suvga urilishi oqibatida parchalanib ketgan", — deb ma’lum qilgan qo‘mitaning havo xavfsizligi bo‘yicha bo‘limi rahbari Nurkaxio Utomo.Uning qo‘shimcha qilishicha, agar samolyot havoda portlaganda edi, parchalari katta maydonga sochilib ketgan bo‘lardi.

“Sriwijaya Air” aviakompaniyasiga qarashli Boeing 737-500 yo‘lovchi samolyoti o‘tgan shanba kuni ertalab halokatga uchradi. U Jakarta aeroportidan havoga ko‘tarilgan va bir necha daqiqa o‘tgach radar ekranlaridan g‘oyib bo‘lgan, keyin Laki oroli yaqinida qulab tushgan. Indoneziya qidiruv-qutqaruv boshqarmasidan ma’lum qilinishicha, samolyot halokat signalini ham bermagan. Aviakompaniyadagilarning ma’lum qilishicha, havo kemasida 62 nafar odam bo‘lgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан