Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Indoneziyadagi dahshatli vulqon otilishida 13 kishi halok bo‘ldi
5.12.2021 13:15,  
98

Indoneziyaning Yava oroli sharqidagi Semeru vulqonining otilishi oqibatida halok bo‘lganlar soni 13 kishiga yetdi. Bu haqda tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etish agentligiga asoslanib Reuters ma’lum qilmoqda.

Mahalliy hukumat rasmiysiga ko‘ra, qurbon bo‘lgan 13 nafardan ikki nafarining shaxsi aniqlangan. Yana o‘nlab odamlar yaralanib, kasalxonaga yotqizilgan. Ularning aksariyati kuyish jarohatlarini olgan. Bundan tashqari, bir necha kishi bedarak yo‘qolgan.

Bundan tashqari, Kura Kerobokan qishlog‘ida qotib qolgan lava va kul tufayli o‘nlab odamlar o‘z uylarida qolib ketgan. Qutqaruvchilar ularga yordam berishga harakat qilmoqda. Hozirgacha ular 10 nafar aholini olib chiqishga muvaffaq bo‘lishgan.

Vulqon faollasha boshlaganidan so‘ng, ikki tuman aholisi o‘z uylarini tashlab qochishga majbur bo‘ldi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан