Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Infeksiya bilan vafot etgan odamdan koronavirus yuqadimi?
17.04.2020 20:54,  
1583

Koronavirusdan vafot etganlardan sog‘lom odamlarga kasallik yuqadimi degan savolga Qozog‘iston Sog‘liqni saqlash vazirligi Tovarlar va xizmatlarning sifati va xavfsizligini nazorat qilish qo‘mitasi rahbari Zauresh Jumadilova javob berdi. Bu haqda Kazinform xabar berdi.

«Koronavirus o‘lgan odamdan yuqishi mumkinmi degan savol ko‘p uchraydi. Albatta, yuqadi. Biz bejiz jamoat transporti va liftlarni zararsizlantirmayapmiz. Koronavirus bilan og‘rigan odam lift tugmachasidan ko‘ra ancha xavflidir. Shuning uchun biz murdaga uning qarindoshlari yaqinlashishini taqiqlaymiz. 

Sanitariya-epidemiologiya xizmati nazorati ostida yuqori himoya vositalari bilan yuvinish va jasadni ko‘mishga tayyorlash protseduralarini amalga oshirmoqdamiz», - dedi Zauresh Jumadilova. 

Shuningdek, u marhumlar va motam tutuvchilar orasidagi masofani saqlash kerakligini, jasad va dafn marosimiga kelganlar orasidagi masofa kamida 3 metr bo‘lishi kerakligini ta’kidladi. 

Ayni paytda Qozog‘istonda koronavirusdan vafot etganlar soni 17 nafarni tashkil qilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан