Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Ingliz tilini o‘rganish uchun yangi onlayn maktab - Skyeng
18.06.2020 17:51,  
468

Skyeng – bu ingliz tili bo‘yicha yangi avlod onlayn maktabi. Maktabning professional jamoasi masofaviy tarzda ingliz tilini o‘rganishni xohlovchilarga yordam berishadi. Internet va interaktiv darslar yordamida til o‘rganish uchun ajoyib vosita.

Maktabda kattalar uchun sayohat va kareraga mo‘ljallangan ingliz tili kurslari, 10 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar va 4 yoshdan 9 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun ingliz tili kurslari hamda ikkinchi sinfdan o‘n birinchi sinfga qadar bo‘lgan maktab o‘quvchilari uchun matematika kursi mavjud. Umuman olganda 7 yoshda 70 yoshgacha bo‘lgan til o‘rganuvchilar ushbu onlayn platforma yordamida ingliz tilini qiziqarli va samarali usullarda o‘rganishlari mumkin.

Darslar internet orqali yuzma-yuz videomoloqot tarzida o‘tiladi. Bunda maxsus ishlab chiqilgan VimBox interaktiv platformasi quyidagi imkonitlarga ega:

- videoqo‘ng‘iroq
- video va audio materiallar
- mashg‘ulotlar rejasi
- uy vazifalar
- lug‘at

Birinchi sinov-tanishuv darsi bepul taqdim qilinadi. Kirish darsida o‘qituvchi bilan tanishasiz, ingliz tili darajangiz aniqlashtiriladi va darslar keyinchalik qanday olib borilishi, o‘quv grafigi, onlayn platforma imkoniyatlari ko‘rsatib beriladi.

O‘qituvchilar esa o‘quvchining maqsadlariga qarab tanlanadi, darslar interaktiv mashg‘ulotlar asosida, o‘quvchining qiziqishlariga qarab olib boriladi. Eng muhimi darslar soni va vaqtini o‘zingiz mustaqil belgilay olasiz. Tanlagan vaqtga va sizning darajangizga mos bo‘lgan ko‘pgina o‘qituvchilar ichidan o‘zingizga mos trenerni tanlab olasiz.

Bundan tashqari, o‘qish davomida har bir o‘quvchining natijalari kuzatib boriladi, darslarga tuzatishlar kiritiladi hamda har bir darsdan keyin hisobot yuboriladi. Natijalarni shaxsiy kabinet orqali kuzatib borasiz. Uy vazifalari, interaktiv o‘quv materiallaridan tashqari ko‘plab bepul videodarslar, vebinarlar, so‘zlashuv klublari, bolajonlar uchun jonli ertaklar klubi taqdim etiladi.

Maktabning eng asosiy afzalligi – bu onlayn o‘qitish jarayonini sifatli tashkil qila olganligidir. Hozirgi pandemiya davrida masofaviy tarzda o‘qitadigan sifatli platformani topishning o‘zi ham katta yutuq.

Onlayn ta’limning afzalliklari esa juda ko‘p: istagan joyingizdan darsga qatnasha olasiz – kafe, ofis, uy. Dars uchun faqatgina internet kerak. Istagan vaqtingizda o‘qiysiz: ertalab yoki kechasi, ish kunlari yoki dam olish kunlari. Dars davomiyligi – 50 daqiqa.

Mazkur platformada onlayn tarzda o‘qish uchun barcha zarur imkoniyatlar bor: o‘qish uchun onlayn ravishda ariza qoldirish mumkin, bundan keyin esa siz bilan operator bog‘lanadi va istagingizga qarab bepul kirish darsini sizga qulay vaqtga qo‘yib beradi.

Kursni tamomlaganingizdan keyin esa sizga maktab muhri qo‘yilgan sertifikat va LinkedInʻda tavsiyanoma taqdim etiladi.

Marhamat ushbu onlayn maktab bilan tanishing, bilim olishning sinalgan va zamonaviy vositasidan foydalaning.

Bepul sinov darsiga yozilish uchun ushbu havolga o‘ting.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан