Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Inqiroz
17.11.2019 11:11,  
2246

Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayevning aytgan gaplari, O‘zbekiston oliy hokimiyatida sifat jihatidan o‘ta jiddiy inqiroz yaratdi. Ortiqxo‘jayevning aytganlarini qisqa tilga ko‘chirsak, “O‘zbekistonda qo‘rquv manbai bu – davlat hokimiyatidir”, ya’ni, “Davlat terrorchidir” deganini anglatadi. Ortiqxo‘jayev konstitutsion qadriyatlarni, O‘zbekiston mahalliy aholisiga xos insoniy qadriyatlarni, inson sha’ni va qadr-qimmatlarini shu qadar haqorat qildiki, uning bu aytgan gaplari O‘zbekistonning yangi tarixida qoladi.

Jumladan, uning aytganlari shu paytgacha sodir bo‘lgan va bundan keyin sodir bo‘ladigan barcha siyosiy o‘lchamli jinoyatlarda, aynan davlatni ayblashga asos sifatida qabul qilinadi. Bu – dahshat! Bu davlatchilik uchun, ikkinchi ma’muriyat uchun katta zarba!

Menimcha, Ortiqxo‘jayevning siyosiy kar’yerasi tugadi. Ehtimol, uning biznes imperiyasi ham endi qisqarib borar. Uning gaplari oliy hokimiyatda kuchli intrigalarga, zo‘riqishlarga, guruhlar kurashiga, qayta guruhlashuvga, mahalliychilikka va millatchilikka qo‘shimcha katalizator bo‘ldi.

Agar Ortiqxo‘jayev o‘z lavozimida bir oydan ortiq qolsa, bu prezident uchun uzoq muddatli o‘ta salbiy voqea bo‘ladi: mulozimlar tomonidan davlat siyosatini qadrsizlash ochiq va ommaviy xarakterga ega bo‘lgan siyosiy voqe’lik darajasiga chiqishi mumkin.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан