Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Inson a’zolari va to‘qimalari transplantatsiyasi bo‘yicha ilmiy laboratoriya tashkil etiladi
4.10.2021 22:19,  
43

Bugun, 4 oktyabrda imzolangan Prezident qarorida inson a’zolari va to‘qimalarini transplantatsiya qilish bo‘yicha bir qator muhim vazifalar belgilangan. Jumladan:

● transplantologiya sohasida fundamental va amaliy tadqiqotlarni amalga oshirish hamda innovatsion loyihalarni ishlab chiqish;

● yuqori texnologik transplantatsiya amaliyotlarini amalga oshirish usullarini o‘rganish va joriy etish;

● xorijiy davlatlarning mazkur sohadagi ilmiy tashkilotlari, markazlari hamda ekspertlari bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish va birgalikda tadqiqotlarni tashkil qilish;

● transplantologiya yo‘nalishida malakali ilmiy kadrlar tayyorlanishiga ko‘maklashish Xirurgiya markazining qo‘shimcha vazifalari etib belgilangan.

Shuningdek, qarorga muvofiq, Xirurgiya markazida bazaviy moliyalashtirish tizimi asosida faoliyat yuritadigan Inson a’zolari va to‘qimalari transplantatsiyasi ilmiy laboratoriyasi hamda 2021/2022 o‘quv yilidan boshlab Toshkent tibbiyot akademiyasining Xirurgiya va transplantologiya kafedrasi tashkil etiladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан