Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Inson huquqlari bo‘yicha Milliy markaz Akrom Malik ishiga diqqat qaratmoqda
25.03.2020 23:37,  
1616

2016 yil 22 iyuldan buyon qamoqda saqlanayotgan adabiyotshunos Akrom Malik "ishi"ga Inson huquqlari bo‘yicha Respublika Milliy markazi diqqat qaratmoqda. Markaz rahbari Akmal Saidov mahkum Akrom Malik masalasi bilan shug‘ullanish va tegishli hujjatlarni yig‘ish haqida yordamchisi Otabek Norboyevga topshiriq bergan. Yaqinda Akrom Malikning otasi Piskent tumani bosh imom xatibi Abdulhamid Malikov shu masalada markazga murojaat qilgan edi. Shuningdek, adabiyotshunosning do‘stlari, bir guruh yozuvchi-shoirlar ham mazkur ishga e’tibor qaratilishini iltimos qilishganini shoir va tarjimon Abdulhamid Pardayev xabar qildi.

Akmal Saidov Akrom Malik "ishi"dan xabardorligini aytgan. Kelgusi hafta ichida mahkum Akrom Malik jazo o‘tayotgan 48-manzil koloniyaga borib, u bilan uchrashmoqchiligini ma’lum qilgan.

Mazkur holatga oydinlik kiritish hamda to‘liqroq ma’lumot olish uchun Inson huquqlari Respublika markaziga qo‘ng‘iroq qildik, biroq bog‘lanish imkoni bo‘lmadi. Akmal Saidov koloniyaga borganligini bilish, hozircha, imkonsiz.

Eslatib o‘tamiz, Akrom Malik Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining O‘zbek filologiyasi fakulteti magistranti va navoiyshunos tadqiqotchi edi. U o‘z "jinoyat ishi" haqida prezident Shavkat Mirziyoyevga yozgan ochiq xatida bayon qilgan va ozodlik so‘ragan edi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан