Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Inspektorga pora bermoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi
17.03.2021 14:20,  
120

Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati xabariga ko‘ra, joriy yilning 6 mart kuni fuqaro I.A. Qo‘qon shahar IIO FMB YHXB inspektori D.A.ga murojaat qilib, o‘zining boshqaruvidagi "VAZ - 2107" rusumli avtomashinasini mast holatda boshqarganligi uchun rasmiylashtirilgan ma’muriy bayonnomani sudga yubormaslik va o‘zining foydasiga ijobiy hal qilib berish evaziga 2.000.000 so‘m pullarni pora tariqasida taklif qilgan.

Mazkur holat yuzasidan, O‘zbekiston Respublikasi IIV O‘XB Farg‘ona viloyati bo‘yicha bo‘limi hamda IJQKD Qo‘qon shahar bo‘limi xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, fuqaro I.A. Qo‘qon shahar IIO FMB YHXB inspektori D.A.ga Qo‘qon shahar IIO FMB YHXB ma’muriy binosida kelishilgan pullardan 1.000.000 so‘m miqdoridagi pulni pora tariqasida bergan vaqtida tadbir ishtirokchilari tomonidan ushlanib, ushbu pullar xolislar ishtirokida daliliy ashyo tariqasida rasmiylashtirib olindi.

Mazkur holat yuzasidan tegishli tartibda protsessual hujjatlar rasmiylashtirilib, Qo‘qon shahar prokuraturasiga yuborildi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан