Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Instagram 100 million foydalanuvchining biometrik ma’lumotlarini noqonuniy yig‘ishda ayblanmoqda
13.08.2020 21:43,  
102

Facebook kompaniyasi Instagram ijtimoiy tarmog‘ida 100 milliondan ortiq foydalanuvchining biometrik ma’lumotlarini noqonuniy yig‘ishda ayblanmoqda. Bu haqda Business Insider nashri xabar beradi.

Korporatsiyaga qarshi da’vo arizasida Instagram'da yuzni tanib olish tizimidan foydalanadigan va "yuz shablonini" yaratadigan vosita mavjudligi, uni keyinchalik o‘z ma’lumotlar bazasida saqlashi aytilgan.

Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarning suratlarini avtomatik ravishda skanerlashda, shuningdek, ushbu ilovadan foydalanmaydigan odamlarning ham biometrik ma’lumotlarini to‘plashda ayblanmoqda.

Sudda, shuningdek, Facebook o‘z mahsulotlarida yuzni aniqlash qobiliyatini yaxshilash maqsadida odamlardan himoyalangan biometrik ma’lumotlarni yig‘ish va bu axborotni turli xil xizmatlarga tarqatish to‘g‘risida ham aytilgan.

Amerikaning Illinoys shtati qonuniga ko‘ra, agar da’vo qondirilsa, Facebook qoidabuzarlik uchun har bir foydalanuvchiga mingdan 5 ming dollargacha jarima to‘lashi mumkin, ularning umumiy miqdori 500 milliard dollargacha bo‘ladi.

Kompaniya vakili Stefani Otuey da’vo asossiz ekanligini aytdi. Uning ta’kidlashicha, Instagram yuzni aniqlash texnologiyasidan foydalanmaydi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан