Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Instagram kontent uchun pullik obuna sinovini ishga tushirdi
20.01.2022 09:16,  
46

Instagram ijodkorlarga eksklyuziv kontentdan monetizatsiya qilish imkonini beruvchi pullik obuna funksiyasini ishga tushirdi. Bu haqda ijtimoiy tarmoq rahbari Adam Mosseri ma’lum qildi — deya xabar bermoqda ʼHuman.uzʼ nashri.

Ba’zi blogerlar endi ba’zi turdagi nashrlarni - jonli efir va hikoyalarni pullik qilishlari mumkin. Obuna a’zolari uchun ular binafsha rangli maxsus belgi bilan belgilanadi. Abonentlarning o‘zlari ham shunday nishonga ega bo‘lishadi - u profil nomining yonida ko‘rsatiladi.

Mualliflar o‘zlarining eksklyuziv kontentiga kirish narxini mustaqil ravishda tanlashlari mumkin. Oyiga $0,99 dan $99,99 gacha bo‘lgan sakkiz xil narx darajasini tanlash mumkin.

Sinovlar kelgusi oylarda bo‘lib o‘tadi. Hozircha bu imkoniyat faqat AQShda mavjud – ayni damda atigi 10 nafar amerikalik Instagram blogerlari yangi funksiyadan foydalanishlari mumkin. Ammo, ijtimoiy tarmoq rahbarining so‘zlariga ko‘ra, tez orada test guruhiga yana ko‘plab ijodkorlar qo‘shiladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан