Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Investorlarning 1 milliard so‘mgacha «kanat» yo‘lini qurish xarajatlari byudjetdan qoplab beriladi
22.06.2020 12:56,  
393

Avval xabar qilganimizdek, «Turizm sohasini sanitariya-epidemiologik xavfsizlikning kuchaytirilgan rejimi talablariga qat’iy rioya qilgan holda rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida» Prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, 2021 yil 1 yanvardan 2023 yil 31 dekabrga qadar mehmonxonaga belgilangan tartibda berilgan toifa saqlangan taqdirda tegishli yil yakuniga ko‘ra joylashtirish vositasining toifasi uchun undirilgan turistik (mehmonxona) yig‘im summasining 50 foizi joylashtirish vositalariga qaytariladi.

2020 yil 1 avgustdan boshlab:

- reyslar soni va yo‘nalishlari bo‘yicha cheklovlarni bekor qilishni nazarda tutuvchi «Ochiq osmon» rejimi «Andijon», «Buxoro» va «Urganch» xalqaro aeroportlarida xalqaro huquq normalariga muvofiq joriy etiladi;

- xorijiy aviakompaniyalar havo qatnovi to‘g‘risidagi hukumatlararo bitimning mavjudligidan qat’iy nazar «Ochiq osmon» rejimi joriy etilgan xalqaro aeroportlarga doimiy qatnovlarni amalga oshira oladi (bunda, Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkilotining uchish va aviatsiya xavfsizligi bo‘yicha standartlariga muvofiq bo‘lish talab etiladi);

- investorlarning yo‘lovchi tashuvchi yangi dor ("kanatlar") yo‘llarini («Chorvoq» erkin turistik zonasi hududida tashkil etilayotganlardan tashqari) qurish va jihozlash uchun yo‘naltirilgan xarajatlarining bir qismi har bir 500 metr yo‘l uchun Davlat byudjetidan Turizm sohasini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasiga ajratiladigan mablag‘lar hisobidan 1 milliard so‘m miqdorida qoplanadi.

Bunda dastlabki 50 ta loyihaga yo‘naltirilgan investorlar xarajatlarining bir qismi qoplanadi.

Turizmni rivojlantirish qo‘mitasi va Qurilish vazirligining namunaviy loyihalari bo‘yicha joylashtirish vositalarini tez quriladigan konstruksiyalar (o‘tovlar, konteynerlar, sendvich panellar) bilan qurish uchun tadbirkorlar xarajatlarining bir qismi bunday tipdagi joylashtirish vositalarining joylari soni 50 mingtaga yetguniga yoki 2023 yil 31 dekabrga qadar Davlat byudjetidan har bir joy uchun 5 million so‘mgacha miqdorda qoplanadi.

Shaharlar va tumanlar bosh rejalarini ishlab chiqish va tasdiqlash jarayonida ular turizm infratuzilmasini rivojlantirish qismida Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi bilan majburiy kelishiladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан