Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Iordaniya qiroli: Isroil harakatlari Quddusdagi tinchlikka tahdid solmoqda
19.04.2022 17:11,  
63

Iordaniya qiroli Abdulla II Isroil xavfsizlik kuchlarining Quddusdagi falastinliklarga nisbatan harakatlari tinchlikka tahdid solayotganini aytdi, deb xabar bermoqda dushanba kuni Yaqin Sharq OAVlari.

Monarxning so‘zlariga ko‘ra, bu “mintaqada tinchlik o‘rnatish istiqbollariga jiddiy putur yetkazadi”.

O‘tgan juma kuni Quddusning Eski shahrida Isroil xavfsizlik kuchlari bilan to‘qnashuvlarda 150 dan ortiq falastinlik yaralangan edi. To‘polonlar erta tongda musulmonlar uchun muqaddas Ramazon oyining ikkinchi juma kuni o‘qilgan namoz vaqtida boshlangan.

Ma’bad tog‘ida bu namozga 12 mingga yaqin musulmonlar yig‘ilgan va ular orasida 100 ga yaqin namoyishchilar bo‘lgan. Gazetaning yozishicha, ulardan ba’zilari o‘zlari bilan Hamas va Falastin avtonomi bayroqlarini ko‘tarib chiqishgan.

Politsiya namoyishchilarni tarqatib yuborish uchun ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz, nur-shovqinli granata va rezina o‘qlardan foydalangan. Namoyishchilar tosh bilan ularga qarshilik qilgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан