Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






iPhone 12'larni ishlab chiqarish qachon boshlanishi ochiqlandi
2.06.2020 17:10,  
409

Mobil sanoat ichki manbalarining ta’kidlashicha, Apple'ning navbatdagi iPhone flagmanlarini ishlab chiqarish tez orada, ya’ni iyul oyidan boshlanadi, ammo bu har yilgidan kech vaqtdir.
Apple'dagilar iPhone 12 taqdimotini iPhone X taqdim qilingan paytga yaqin sana (oktyabr oxiri, noyabr boshi) da o‘tkazishni rejalashtirayotgani haqida bir necha xabarlar tarqalagan edi. Shundan kelib chiqqan holda, iPhone ta’minoti zanjiriga aloqador manbalar 2020 yilgi iPhone'larni ishlab chiqarish tez orada boshlanishi xabarini bermoqda.

Kuzda taqdim qilinuvchi iPhone'larni ommaviy ishlab chiqarish o‘tgan yillarda may/iyunga to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, bu yilgi jarayonlar iyul, hattoki, avgustdan boshlanishi ham mumkin.

Digitimes'ning yozishicha, 6,1 dyuym diagonalli ekranga ega iPhone 12'lar aynan yuqorida ko‘rsatilgan davrdan boshlab ishlab chiqariladi. Apple bu yil jami to‘rtta flagman taqdim qilmoqchi, shulardan ikkitasi 6,1" ekranli bo‘ladi.

6,1" lik bu ikki iPhone hozirgi iPhone 11 Pro'ning yangi talqini va yangicha iPhone 12 Max'lar bo‘lishi aytilmoqda. 5,4 dyuymli displeyga ega iPhone 12 va 6,7 dyuymli iPhone 12 Pro Max'larning esa qachondan chiqarila boshlashi hozircha noma’lumligicha qolmoqda.

Ishlab chiqarish va taqdimotning kechishiga nafaqat koronavirus pandemiyasi va ta’minotdagi uzilishlar, balki iPhone'larga bo‘lgan talabning kamligi ham sababchi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан