Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






“Ipoteka — bank” bosh boshqarmasi xodimida koronavirus aniqlandi
25.05.2020 14:01,  
473

Sog‘liqni saqlash vazirligining xabar berishicha, 24 may kuni Toshkent shahridagi respublika “Ipoteka — bank” bosh boshqarmasi xodimida koronavirus infeksiyasi aniqlangan.

Ma’lumotlarga qaraganda, kasallikka chalingan fuqaro yaqin 20 kun ichida o‘zi va oila a’zolari mehmonga bormagan, qo‘ni-qo‘shnilarnikiga ham chiqmagan. Uning yashash manzili bo‘yicha muloqotda bo‘lgan barcha oila a’zolari belgilangan tartibda karantinga olindi. Qo‘shimcha epidemiologik surishtiruv ishlari davom etmoqda.

Bemor bilan muloqotda bo‘lgan hamkasblari ham belgilangan tartibda 14 kunlik karantin nazoratiga olingan. Qolgan xodimlar esa yashash manzillari bo‘yicha tibbiy nazoratga olindi. Barcha muloqotda bo‘lganlardan laborator tahlil uchun namunalar olingan.

Bank binosida Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya epidemiologik osoyishtaligi agentligi mutaxassislari tomonidan zararsizlantirish ishlari o‘tkazildi.

Aholi orasidan koronavirus infeksiyasiga chalinish holatlari uchrab turganini hisobga olib, Sog‘liqni saqlash vazirligi aholidan, yana bir bor, karantin qoidalariga, jumladan, ijtimoiy masofani saqlash, ya’ni qo‘l berib yoki quchoqlashib ko‘rishishdan tiyilish, jamoat joylarida to‘planmaslik, qo‘llarni tez-tez va yaxshilab yuvish, tibbiy niqob taqish kabi ehtiyot choralarini ko‘rishni va sanitariya qoidalarga qat’iy amal qilishlarini so‘raydi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан