Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Ipoteka bo‘yicha uy sotib olgan ayrim fuqarolarga boshlang‘ich badal byudjetdan to‘lab beriladi
26.03.2020 13:13,  
1348

“Uy-joy sotib olish uchun fuqarolarga subsidiya to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” Hukumat qarori (182-son, 25.03.2020 y.) qabul qilindi.

Qaror bilan tasdiqlangan Nizomga muvofiq:

  • uy-joy sotib olishga ipoteka kreditining boshlang‘ich badal va (yoki) foizlarning bir qismi Respublika Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan qoplab beriladi;
  • uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo‘lgan fuqarolar tomonidan subsidiya olish uchun ariza beriladi, ariza beruvchi ijtimoiy mezonlar bo‘yicha baholanadi;
  • tuman (shahar)da uy-joy sotib olish uchun subsidiya to‘lanadigan talabgorlarni tanlash bo‘yicha komissiyalar faoliyati tashkil etiladi va ijtimoiy mezonlar bo‘yicha baholash natijalari ko‘rib chiqiladi;
  • sotib olinadigan uy-joylarni aniqlash, ajratiladigan ipoteka krediti bo‘yicha subsidiyani hisoblash, ipoteka kreditini rasmiylashtirish va subsidiyalarni to‘lab berish tartibi belgilandi.

Qarorga ko‘ra:

  • Davlat xizmatlari agentligi hududiy bo‘linmalari va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali uy-joy sotib olish uchun subsidiya to‘lanadigan shaxslarni tanlash jarayonida ko‘rsatiladigan xizmatlar;
  • tegishli tashkilotlar tomonidan uy-joy sotib olish uchun subsidiya to‘lanadigan shaxslarni tanlashda foydalaniladigan ma’lumotlar (hujjatlar) istisno tariqasida to‘lovlarsiz amalga oshiriladi.

Shuningdek, ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiya berish tartibi belgilandi.

Nizomga muvofiq, ariza beruvchi subsidiya olish uchun istalgan tuman (shahar) Davlat xizmatlari markazlari (DXM)ga o‘zi kelib murojaat etadi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YaIDXP)da davlat xizmatidan elektron tarzda foydalanish uchun ro‘yxatdan o‘tadi.

O‘zi kelib murojaat etganda DXM xodimi ariza beruvchi nomidan, YaIDXP orqali murojaat qilinganda esa ariza beruvchi mustaqil ravishda anketa-arizani elektron tarzda to‘ldiradi va tegishli hujjatlarni ilova qiladi.

Mehnat migrantlari nomidan ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiya olish to‘g‘risidagi arizani uning oila a’zolari berishi mumkin.

DXMlar va YaIDXP orqali ko‘rsatiladigan xizmatlar ariza beruvchilarga to‘lovlarsiz amalga oshiriladi.

Subsidiya olish uchun ariza berish muddati yilning 1 martidan 1 oktyabrgacha bo‘lib, ushbu muddat tugagandan keyin taqdim etilgan arizalar ko‘rib chiqilmaydi.

Mas’ul tashkilotlar 10 ish kunida ariza beruvchining ijtimoiy mezonlarga muvofiqligini u tomonidan taqdim etilgan hujjatlar asosida o‘rganib chiqadi.

Subsidiya to‘lanadigan fuqarolarni tanlab olish bo‘yicha komissiya taqdim etilgan hujjatlar va ma’lumotlar asosida hamda ijtimoiy mezonlar bo‘yicha baholash natijalariga ko‘ra ariza beruvchiga ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiya berish yoki berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.

Boshlang‘ich badal uchun subsidiya shaharlarda sotib olinadigan kvartira qiymatining kamida 20 foizi, qishloq joylarda esa kamida 10 foizini tashkil etadi.

Taqdim etiladigan subsidiyalar bir oilaga (oila a’zolarining bittasiga) faqat 1 marta beriladi.

Qaror bilan batafsil ushbu havola orqali tanishishingiz mumkin

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан