Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Iqlimning isib ketishi, qishda qor yog‘masligi. Hamma hammasi Sen tufayli ''Carbon Dioksid!''
27.09.2019 19:43,  
2463

Ha, dunyoda global iqlim o‘zgarishi havo haroratining ko‘tarilib ketish jarayonini tezlashtirib yubordi. Iqlim nima uchun isimoqda? Iqlimshunos olimlar bu masalani yoritishda 3 gruhga bo‘linishgan. 3 guruh vakillari 3 xil fikrlaydi.

1-guruh. Atmosfera havosida is gazi ulushining ortib borishi. Dunyodagi jami iqlimshunoslarning 83%i shu nazariya tarafdorlaridir. Shaxsan kamina ham iqlimning isib borishiga ayni sabab deb shu omilni ko‘rsatib kelganman.

2-guruh. Astronomogik sabablar. Bu guruh tarafdorlari 16 % ni tashkil etadi. Ular iqlim o‘zgaruvchanligini Quyosh yorituvchanligi, Yer orbitasi elementlarining o‘zgarishi, Yer o‘qi holatidagi tebranishlar bilan bog‘lovchi gipotezalar deb bilishadi.

3. Geografik va geofizik sabablar. A.L Vegenerning ʼʼMateriklar suzib yuradiʼʼ gipotezasini qo‘llab-quvvatlovchi guruh a’zolari. Hozirgi iqlim isishiga materiklar o‘lchamining o‘zgarishi, vulqonlar otilishi omili asosiy sabab deb fikrlovchi g‘oya tarafdorlari. Bu g‘oyani qo‘llab quvvatlovchilar ancha kam.

Keling, 1-guruh vakillarining ilmiy farazlariga to‘xtalib o‘tamiz.

CO₂ - Bu kimyoviy birikma shunchalik ʼʼmashhurkiʼʼ, mashhurligidan unga uch xil nom berishgan. Karbonad angidrid gazi, is gazi hamda Karbon dioksidi... Aynan shu birikmaning atmosfera havosidagi arzimagan ulushi - havo haroratining isish yoki sovishiga, yil fasllarining almashish qonuniyatlarining ʼʼbuzulishigaʼʼ olib keladi. Demoqchimanki, shu gaz Yer iqlimini Yerning evolyusiya tarixi davomida ʼʼnazoratʼʼ qilib kelgan.

Hozirda dunyoda atmosferadagi karbonat angidrid gazi(is gazi) tarkibi atmosfera ulushining 0,0418% ini tashkil etmoqda. Bu haqida BMTnining atrof-muhitni muhofaza qilish tashkiloti(YuNEP) eksperti 24-sentyabr Nyu York shahrida o‘tkazilayotgan butun jahon iqlim samitetida aytib o‘tdi.

Is gazi. Bu gazning atmosferadagi miqdori XX asr boshidan o‘rganib kelinadi. 1900 yillarda uning atmosferadagi tarkibi 0,03 % atrofida bo‘lgan.1950 yilda esa 0,031%, 1965 yil esa 0,032%(aynan shu yildan zavod-fabrikalardan atmosferaga milionlab tonna karbonat angidrid gazlari chiqarilish ya’ni ʼʼsanoat inqilobiyʼʼ davri boshlangan) hamda uning qiymati 2018-yil 0,04% dan oshib ketdi.

Uzgidrometning ʼʼIqlim o‘zgarishiʼʼ mavzusidagi blyutenlarida Yer yuzi yotqiziqlaridagi moddalar tarkibini o‘rganish asosida, oxirgi ming yillikda atmosferadagi is gazi miqdorining 0,028-0,03 % atrofida tebranib turganligini tasdiqlovchi ma’lumotlar mavjud. E’tibor bering, oxirgi ming yillikda uning qiymatlarida deyarli o‘zgarishni sezmaysiz. Ammo, Yer yuzi tarixida hozirgi atmosfera tarkibidagi is gazi miqdori eng baland qiymat emas.

Yer yuzi evolyusiya tarixida is gazining atmosferadagi hissasi 0,02-0,42 % o‘rtasida tebranib turgan.

Misol, bundan 5-6 ming yil oldin Golotsen iqlim optimumida atmosferadagi is gazi miqdori huddi hozirgidek 0,04 % atrofida bo‘lgan. O‘shanda Yerda hozirgiga yaqin ob-havo sharoiti kuzatilgan. Havo haroratlari yuqori kengliklarda 4-5 darajaga, o‘rta kengliklarda 1-2 darajaga(O‘zbekiston ham shu kenglikda) yuqorilagan. Bu davrda oxirgi 17 ming yil ichidagi muzlik maydonlarining eng kichik qiymatga ega bo‘lishi kuzatilgan(Hatto hozirgi muzlik maydonidan ham kichik maydonga ega bo‘lgan). Biotizim tubdan o‘zgargan. Keng bargli, issiqni sevuvchi daraxtlari ko‘p o‘rmonlarning shimolga siljishi maksimumga yetgan. Momant kabi ayrim hayvon turlari qirilib ketgan. Ammo, o‘shanda havo harorati hozirgi kunlardagidek bo‘lsa-da, yog‘ingarchilik miqdorlari katta masshtabli maydonlarda hozirgidan 100-200 mmga ko‘proq bo‘lgan(O‘zbekistonda ham hozirgiga nisbatan ko‘p yomg‘ir yog‘gan). Ayrim kichik masshtabli hududlardagina hozirgidan 50-100 mmgacha kam yog‘in yog‘gan. Bu davrda O‘rta Osiyo hududlarida havo nisbiy namligi hozirgiga nisbatan 1,5 barobar ko‘p bo‘lgan.

9-11 ming yil ilgari atmosferadagi is gazi salmog‘i aksincha juda kam miqdorni tashkil etgan(0,022%). Aynan shu davrda muzliklar maydoni maksimal janubga surilgan. Havo harorati hozirgidan 2-3 darajaga past bo‘lgan. Tabiiyki, okean suvlari satxi ham hozirgidan ancha past bo‘lib, aynan shu davrda Homo sapiens(aqlli odam)lar Osiyoning shimoli-sharqiy qismi Kamchatkadan Bering bo‘g‘ozi orqali dengiz kechib, Amerika qit’asining Alyaska hududlariga o‘tib olishgan. Bu davr sovuqsevar igna bargli daraxtlarning maksimum janubga keng maydonni egallaganligi bilan tavsiflangan.

Bundan 125 ming yil oldin kuzatilgan Riss-Vyurm oralig‘idagi iqlim optimum davrida sayyoramizning o‘rtacha havo harorati hozirgidan 1,8 daraja, yuqori kengliklarda 5-6 daraja, o‘rta kengliklarda 2-4 daraja, tropiklarda esa 0,1-0,9 daraja yuqori bo‘lgan. Subtropik iqlim zonalarida hozirgidan ko‘p yomg‘ir yog‘gan.

3,3-4,5 mln yil oldin kuzatilgan Pliotsen iqlim optimumi yuqorida qayd etilgan optimumlarning hammasiga qaraganda balandroq havo haroratiga ega bo‘lgan. Eng katta farq yuqori kengliklarda kuzatilgan. Shimoliy yarim sharda havo harorati naqd 10-13 darajagacha yuqorilagan. O‘rta kengliklarda bu farq 2-7 darajagacha, subtropik va tropik mintaqalarda 1,5-2 darajagacha issiq bo‘lgan. Umuman, bu davrda o‘rtacha havo harorati hozirgidan 3,5-4 daraja yuqori bo‘lgan. Bu davrda ham yog‘in miqdori yuqori kengliklarda hozirgidan 150-200 mm ko‘p yog‘gan. Hattoki, hozirda Afrika, Osiyo va Avstraliyaning ʼʼjonsiz-bepoyonʼʼ cho‘llarida savanna kabi landshaftlar tarqalgan. O‘sha davrda is gazi miqdori atmosferaning 0,055 % ini tashkil etgan.

Atmosferada is gazining eng yuqori ulushi 320-345 mln yil oldin Quyi Karbon davrida qayd etilgan ekan. Unda is gazining atmosferadagi ulushi hozirgi qiymatdan naqd 10 barobar yuqori bo‘lgan(0,42%). Bilasizmi, bu davrda atmosferada havo shu darajada nam bo‘lganki, ekvator hamda qutblar iqlimi deyarli bir xil bo‘lib qolgan. Yer qobig‘i go‘yoki haqiqiy parnik bilan qoplangandek taasurot qoldirgan(Bilasiz-a, parnik ichi dim, hamma qismida havo harorati bir xil bo‘ladi). Janubiy qutbdagi hozirgi o‘rtacha 2500-2800 metr qalinlikdagi muzliklardan asar ham qolmagan. Antarktidada keng bargli daraxtlardan tortib, dinozavrlargacha yashagan haqiqiy biotizmning gurkiragan davri bo‘lgan.

Yuqoridagilardan ko‘rinib turibdiki, atmosferada is gazi miqdorining ko‘payishi Yerning uzoq o‘tmishlarida yuqori kengliklardagi havo haroratining keskin ko‘tarilishi, havoda nisbiy namlikning ko‘payishiga natijada, yomg‘irlarning ko‘p yog‘ishiga sabab bo‘lgan ekan. Demak, biz ham yaqin kelajakda yog‘ingarchilik miqdorining ortish hodisasiga duch kelishimiz mumkin ekanda.

Biz uzoq o‘tmish singari atmosferada is gazi miqdorining keskin o‘zgarishlari uchun ming balki, million yillar o‘tishini kutmadik. Nari borsa 50 yil ichida atmosfera tarkibidagi is gazi miqdorini 0,031%dan 0,04% ga ko‘tarilib ketish xodisasini boshdan o‘tkazdik. Yer evolyusiya tarixida aynan shu masalada qisqa muddat ichida bunchalik tez ʼʼsakrabʼʼ ketish hodisasi kuzatilmagan bo‘lsa kerak. To‘g‘ri, 65 mln yil oldin Yerning Meksika ko‘rfaziga astroid tushib, iqlim keskin o‘zgargandir, ammo u isish jarayoni bilan emas, aksincha sovish jarayoni bilan kechgan. Uning ustiga bu o‘zgarishlarga atmosferadagi is gazi miqdori qiymatlarining zarracha ta’siri bo‘lmagan. Bu hodisa katta tur dinozavrlar davriga yakun yasagan.

Aytgancha, global iqlim o‘zgarishi ya’ni isish yoki sovish doim qandaydir biotizmni muvozanatdan chiqargan. Qaysidir turlar yo‘qolib, qaysilaridir paydo bo‘lib kelgan. Hozir ham aynan global iqlim o‘zgarishi tufayli yaqin kelajakda oq ayiq, delfinlar, baland parvoz qiluvchi qushlarning qaysidir turi yo‘q bo‘lib ketish arafasida turibdi.

ʼʼSanoat inqilobʼʼ davri. 1976-2010 yilgacha bo‘lgan davr. Aynan shu davr meteorologik kuzatuvlar tarixidagi 4 davrdan eng issig‘idir(Biz 2010-yildan keyingi undan ham issiq 5-davrda yashayapmiz). Bu davrda zavod, fabrika, korxonalardan chiqayotgan is gazi singari zaharli moddalar hisobiga, havo harorati keskin ko‘tarilib ketdi. Hozirda meteorologiyada hamma omillar aynan shu davrdagi iqlimiy parametrlarga nisbatan solishtiriladi.

ʼAtlas Decoloniyaʼʼ kompaniyasining ʼʼKarbon-Majors 2017ʼʼ loyihasiga ko‘ra, dunyoda atmosferaga chiqarilayotgan is gazi miqdorining 71% ulushi rivojlangan davlatlardagi 100 ta yirik transmilliy koorporatsiyalar hissasiga to‘g‘ri kelarkan. 71%... Bu juda katta ulush, ishonavering. Ular ichida birinchi o‘rinda Xitoyning yirik ko‘mir kompaniyasi(dunyoda atmosferaga chiqarilayotgan is gazining 14,3%ini shu birgina kompaniya chiqaradi), ikkinchi o‘rinda Saudiya Arabistonining neft kompaniyasi va uchinchi o‘rinda Rossiyaning Gazpromi turadi. Ammo ulardan chiqayotgan atmosferani ifloslantiruvchi moddalar miqdorini ʼʼjilovlashʼʼ yoki tartibga keltirish imkonsiz. Ular nafaqat karbonat angidrid gazlari, balki millionlab tonna boshqa metan hamda azot oksidi singari gazlarni ham atmosferaga chiqarishmoqda. Kuzatuvlar shuni ko‘rsatdiki, u gazlarning atmosferadagi ulushi xuddi is gazi ulushi singari parallel ravishda ko‘tarilib ketayotganligini yuzaga keltirdi. Ayni, shu omillar Yer evolyusiya tarixidagi is gazi miqdorining iqlim o‘zgarishiga ta’siri bilan mos ravishda solishtirish uchun imkon bermasligi mumkin.

Demak, rivojlangan davlatlar tomonidan ishlab chiqilgan iqlim o‘zgarish modellar asosida, is gazi konsentratsiyasi ortishi global iqlim o‘zgarishiga, iqlim o‘zgarishi esa quyidagi global oqibatlarga olib kelishini o‘rganib chiqamiz.

XXI asrda kutilayotgan isish suratlari inson xayol doirasiga sig‘maydi. Isish shimoliy yarim sharning yuqori kengliklarida ayniqsa kuchli seziladi. Iqlim zonalari qutblarga suriladi. Atmosfera yog‘inlari miqdori asta-sekin ko‘tarilib boradi, lekin ayrim hududlarda kamayishi mumkin. Yog‘in miqdori ortishi mumkin bo‘lgan hududlarning katta qismida ularning yillararo tebranishi kuchayadi, qurg‘oqchilik toshqinlar bilan almashinib turadi.

Muzliklar chekinishda davom etaveradi, Shimoliy yarim sharda qor qoplami, doimiy muzloq yerlar va dengizdagi muz qoplamlarining kamayishi jadallashadi.

Dunyo okean satxi-emissiya ssenariyalariga muvofiq, XXI asr oxiriga borib hozirgidan 9-88 smga ko‘tariladi. Bunday ko‘tarilish okean suvlarining isish hisobiga kengayishi, muzliklar va qutblardagi muzlarning shiddat bilan erishi natijasidir. Bu suv toshqini xavfini oshiradi, to‘fonlar soni ortadi. Qirg‘oq bo‘yi davlatlar suv bosishidan ko‘p jabr ko‘radi.

Salbiy ta’sirlar: Baholashlarga muvofiq, Yer sharining katta qismida ayniqsa, rivojlanayotgan mamlakatlarning katta qismi joylashgan tropik va subtropik zonalarda ko‘proq bo‘ladi. Tropik siklonlarda shamolning chegara qiymatlari va atmosfera yog‘inlarining jadalligi ortadi, tabiiyki, qurbonlar soni ham ko‘payadi.

Isish va dengiz sathining ko‘tarilishi ekosistemalar mahsuldorligining o‘zgarishiga olib keladi. Bunda yuqorida aytib o‘tganimizdek, ayrim o‘simlik va hayvonot turlari yo‘qoladi. Eng katta xavf o‘ta sezgir ekosistemalar, jumladan marjon orollari, sohil bo‘yi o‘rmonlar, baland tog‘ ekosistemalari, tabiiy yaylovlar va doimiy muzloq hududlardagi ekosistemalarga tahdid soladi. Shuni ham alohida aytish lozimki, birinchi navbatda tub xalqlar va mahalliy turlar aziyat chekadilar. Chunki ular to‘g‘ridan-to‘g‘ri yashash muhitiga asrlar davomida ko‘nikib qolganlar.

CO₂ konsentratsiyasining ortishi o‘simliklar uchun aslida foyda, ayniqsa keng bargli daraxtlar uchun. U o‘simliklarning birlamchi mahsuldorligining ko‘payishiga ta’sir etadi, lekin iqlim isishi ekosistemalar mahsuldorligining kamayishiga ham olib kelishini unutmaslik lozim. Issiqdan yong‘inlar, qurg‘oqchilik, zararkunandalar va boshqa turdagi qurt-qumursqalar bosqini kabi xavfli hodisalar tufayli ekosistemalarda sezilarli burilishlar bo‘lishi kutilmoqda. O‘rmonlar hamda torflarda kelib chiqadigan yong‘inlar shaharlar atmosfera havosi ifloslanishining ortishiga olib keladi. Buning oqibatida, turli kasalliklar va bemorlar o‘rtasida o‘lim xavfi ortadi.

Mo‘tadil iqlimli O‘zbekiston singari hududlarda haroratning qisman ko‘tarilishi hisobiga hosildorlik ortadi, lekin ancha sezilarli o‘zgarishlarda esa kamaya boshlaydi. Ayniqsa, bu mintaqada qish oylaridagi sovuq oqimlar kirib kelish davomiyligining kamayishi natijasida, tabiiy yaylovlardagi efemeroid o‘simliklarda vegatatsion sikl buzilishi kuzatiladi. Natijada, tabiiy yaylovlar maydoni keskin qisqaradi. Bu esa ozuqa yetishmovchiligini yuzaga keltirib, chorva mollari sonining qisqarishiga, go‘sht narxining ko‘tarilishiga olib keladi. Chunki yaylovlar dunyodagi chorva mollarining 50% ini ozuqa bilan ta’minlaydi.

Subtropik va tropik hududlarda haroratning har qanday oshishida hosildorlik kamaya boradi.

Iqlimning isishi YaIM ishlab chiqarishga ham ta’sir etadi. Haroratning 2-3 darajadan yuqori isishi dunyo bo‘yicha oziq-ovqat mahsulotlari narxining oshishiga olib keladi. Kambag‘al guruh bundan aziyat chekadi.

Iqlimning isishi odamlar sog‘lig‘iga, ayniqsa, tropik va subtropik mamlakatlardagi kam daromadli aholi guruhlariga salbiy ta’sir etadi. Chunki ular jazirama issiqqa, suv toshqinlari va dovullarga, kasallik tarqatuvchilar ta’siriga ko‘proq uchraydi. Malyariya, denge isitmasi, vabo kabi boshqa yuqumli kasalliklar tufayli o‘limlar soni ortishi kutiladi.

Iqlim isishining ayrim ijobiy foydali tomonlari ham bor. Masalan, baliqchilik... O‘rta kengliklarda baliqni o‘stirish uchun qulay bo‘lgan mavsumlar davomiyligining ortishi, qish davrida ularda tabiiy o‘limning kamayishi hisobiga ijobiy natijalar beradi. Undan tashqari, sovuq davrlarga nisbatan issiq davrda inson umri 10% ga uzayishi mumkin ekan.

Hozirgi is gazining atmosfera ulushidagi miqdori tibbiyot nuqtai-nazardan yetarli bo‘lmay, astma, bronxit, gipertoniya, ichamiq, ich qotish, osteoxondroz va boshqa kasalliklarning kelib chiqishiga sabab bo‘lmoqda. Demak, insonlar bu kabi kasal​l​iklarga is gazining havoda ko‘payishi bilan bog‘liq holda kelajakda unga kamroq chalinishlari mumkin.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан