Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Iqtisodchi-olimni yo‘qotish uchun diniy ayblov qo‘yilganmidi?
9.07.2020 09:04,  
2261

Vatandoshimiz To‘xtaxo‘jayev Avaz Abduvaxobovich - 1949 yilda tug‘ilgan, o‘rta maktabni oltin medal bilan tugatgan, 1970 yilda Toshkent xalq xo‘jaligi institutini imtiyozli diplom bilan (qizil diplom) va 1979 yilda Plexanova nomidagi Moskva iqtisodiyot institutining aspiranturasini tamomlagan. Iqtisod fanlari nomzodi, dotsent, o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi muassasalarini rivojlantirish institutining iqtisodiyot va menejment kafedrasi boshlig‘i bo‘lib ishlagan.

1999 yil 26 noyabrda A.To‘xtaxo‘jayev o‘z uyida hibsga olingan va O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining tergov hibsxonasiga olib borilgan. Ular "Xizbut-Tahrir" diniy partiyasiga a’zolikda ayblanib, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 156- (Milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovatni qo‘zg‘ash), 159-(O‘zbekiston Respublikasi konstitutsion tuzumini buzish), 216- (Jamoat birlashmalari yoki diniy tashkilotlarni noqonuniy tashkil etish), 244-1- (Jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga tahdid soluvchi materiallarni tayyorlash yoki tarqatish), 244-2- (Diniy ekstremistik, separatistik, fundamentalistik yoki boshqa taqiqlangan tashkilotlarni tuzish, rahbarlik qilish, ishtirok etish), 246- (Kontrabanda) moddalari bo‘yicha ayblangan.

Ayblanuvchi akamiz iqtisodchi-olim bo‘lishiga qaramay g‘ayriinsoniy va shafqatsiz qiynoqlarga dosh berolmaydi va barcha "so‘roq bayonnomalariga" imzo qo‘yishga majbur bo‘ladi.

2000 yil 6 martida Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent viloyat sudi sudyasi M. X. Jalilov raisligida sudlanuvchi To‘xtaxo‘jayevga chiqarilgan hukmni e’lon qiladi va uni 13 yilga ozodlikdan mahrum qiladi.

2000 yilda, sud qaroridan so‘ng, u Navoiy shahridagi JIEM 64/29 ga o‘tkazildi.

2001 yilda koloniya ma’muriyati mahkum AvazTo‘xtaxo‘jayevni "raskrutka" qilish orqali O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 221-moddasi (Jazoni ijro etish muassasasi ma’muriyatining qonuniy talablariga bo‘ysunmaslik) bo‘yicha ayblov qo‘yib, yana 3 yil qamoq muddatini qo‘shib, Navoiy viloyatidagi 64/46 qattiq tartibli koloniyaga o‘tkazadi.

2002 yilda "raskrutka" qayta qo‘llaniladi va yana O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 221-moddasini qo‘llagan holda, yana 3 yil qo‘shib JIEM 64/25 maxsus koloniyasi (kritiy)ga (Buxoro viloyati, Qorovulbozor) yuborishadi.

2004 yilda uni Andijon maxsus tartibli koloniyasiga (kritiy) o‘tkazishadi va yana O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 221-moddasi bo‘yicha 3 yilga ozodlikdan mahrum qilishdi.

2007 yilda Buxoro viloyatining Korovul bozori yana JIEM 64/25 (maxsus rejim) ga o‘tkazildi, u yerda O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 221-moddasi bilan ayblanib, yana 3 yillik qamoq jazosi qo‘shildi va JIEM 64/46 Navoiy viloyatiga o‘tkaziladi.

2013 yilda u JIEM 64/25 ga ko‘chiriladi, u yerda iqtisodchi-olimga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 34-moddasi "Jinoyatlarning takrorlanishi" moddasi bo‘yicha noqonuniy "takrorlash" degan hukmi beriladi.

Shunday qilib, O‘zbekiston qamoqxonalarida 20 yil davomida u sog‘lig‘ini butunlay yo‘qotgani aytilmoqda. Jazoni ijro etish muaasasalari uning insult bo‘lganini yaqinlaridan yashirishga urinmoqda ekanlar.

2018 yil 24-avgust kuni mahkum olim va iqtisodchi To‘xtaxo‘jayev Avaz sog‘lig‘i jiddiy yomonlashib qoladi: o‘ng oyog‘i, qo‘li va qisman tili osilib ishlamay qoladi Bu haqda u 29-avgust kuni xotiniga yozgan xatida yozgan ekan.

Xavotirlangan xotini va qizlari JIEM ma’muriyatiga murojaat qilishadi. Vakolatli rasmiylar ularni tinchlantirib, 30-avgust kuni komissiya bo‘lishini aytishadi, ammo keyinchalik To‘xtaxo‘jayevning kasalligi haqida hech nima demaydilar.

30-avgust kuni uning xotini va qizlari Toshkent shahridagi JIEM 64/18 (Sangrod) shahrida 2 soatlik ko‘rishishga erishadilar, To‘xtaxo‘jayevni ko‘rgan qarindoshlarining so‘zlariga ko‘ra, mahkum 64/25da bo‘lganida qon bosimi 200 dan yuqori ko‘tarilib ketgani va shundan keyin u 17 avgust kuni Sangorodga yuborilgani ma’lum bo‘ladi.

Avaz To‘xtaxo‘jayevning qizi otasining ahvoli juda yomonligidan havotirda. Yotoqda bemalol yotolmaydi, o‘zi mustaqil turib yurolmasligi aytilmoqda, o‘ng oyog‘i va qo‘li ishlamayotganini aytadi. Otasi qachon va qayerda insult bo‘lganligini bilmasligini aytadi.

Avaz To‘xtaxo‘jayev 71 yoshni qarshiladi. Umrining 21 yilini O‘zbekistondagi qamoqxonalarda o‘tkazayotgan olim va iqtisodchining shu kunlardagi holatidan xabar berdik. Iqtisodchi vatandoshimizning chala jon bo‘lib turgan holatiyam bu tuzumga tahdid deb qaralsa, qanday tuzumligini tushunmay halakman. Kechirim so‘rasa, kechirim so‘ralmadi deyilsa, yana qanday uzr so‘rash mumkin? Rasmiylardan iqtisodchi olim, Avaz To‘xtaxo‘jayevga nisbatan adolatli muomalada bo‘lishlarini so‘rab qolamiz. Oldingi davrda aql egalarini ichkariga tiqibmiz, hozirgi davr yaxshiroq bo‘lsa, qo‘yib yuboraylik. Oilasi bag‘riga qaytsin.

Ushbu ayanchli taqdirni yozganimda oxirigacha o‘qiydigan bormikin, koptokdek u koloniyadan bu koloniyaga uloqtirilgan hamyurtimizga hech yo‘q duosida sabr tilab qo‘yarmikin deb o‘yladim.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан