Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Iroq maxsus xizmatlari IShID yetakchilaridan birini qo‘lga oldi
21.05.2020 11:44,  
224

Iroq maxsus xizmatlari IShID terrorchilik guruhi yetakchilaridan biri Abdul Nosir Qardosh (Abu Ibrohim al-Hoshimiy al-Qurayshiy) hibsga olinganini ma’lum qildi. Bu haqda Iroqning "as-Sumariya" telekanaliga tayanib Kommersant nashri xabar bermoqda.

"Bugun Bag‘dodiyning o‘rniga nomzod Abdul Nosir Qardosh ismli terrorchi hibsga olindi", - deyiladi telekanal xabarida.

Shu bilan birga, ayrim arab nashrlariga ko‘ra, Abdul Nosir Qardosh o‘tgan yili Suriyaning al-Bog‘uz shahrida asosan kurdlardan iborat Suriya demokratik kuchlari (SDK) tomonidan hibsga olingan yoki taslim bo‘lgan. Yana bir versiyaga ko‘ra, u bir yildan beri qamoqda bo‘lgan va keyin Iroqdagi shia kuchlariga topshirilgan va Bag‘dodga jo‘natilgan.

IShID bo‘yicha yetakchi mutaxassis Xusham al-Hoshimiyning ta’kidlashicha, Qardosh Abu Bakr az-Zarkaviy davrida "al-Qoida" tarkibiga kirgan va 2011 yildan boshlab Suriya sharqidagi operatsiyalarga javobgar bo‘lgan. U IShID guruhi tuzilmasida yuqori lavozimda bo‘lgan va Abu Bakr Bag‘dodiyga yaqin qo‘mondonlardan biri bo‘lgan.

AQSh prezidenti Donald Tramp 

2019 yil 27 oktyabrda al-Bag‘dodiyning yo‘q qilinganini e’lon qildi. 31 oktyabr kuni terrorchi guruh a’zolari al-Bag‘dodiyning o‘ldirilganini tasdiqlashdi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан