Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Ish haftasini barcha uchun besh kunlik qilib belgilash taklif qilinmoqda
16.10.2018 12:01,  
14

“Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portalida ish haftasini barcha uchun besh kunlik qilib belgilash haqida petitsiya paydo bo‘ldi.

“Mening taklifim barcha byudjet va nodavlat tashkilotlarni to‘liq 5 ish kunidan iborat ish haftasiga o‘tkazishdan iborat”, - deb yozadi murojaat muallifi.

Qayd etilishicha, bu amaliyot rivojlangan Yevropa va Osiyo mamlakatlarida keng qo‘llanilib, o‘zining iqtisodiy va ijtimoiy samarasini amalda isbotlagan. Ushbu tizimning afzalliklari: 

- ishchilarda qo‘shimcha dam olish kunining paydo bo‘lishi, ularda dam olishga nisbatan ehtiyojni oshiradi va bu albatta, ichki turizmning rivoji uchun muhim hisoblanadi; 

- ishchilarda ishga nisbatan ishtiyoqning oshishi. Olimlarning ta’kidlashicha, 5 kunlik ish kuni ishchilarda qo‘shimcha g‘ayrat paydo qilar ekan. Ular haftaning birinchi ish kunini barcha uy tashvishlaridan holi, muammolarsiz boshlash imkoniyatiga ega bo‘lishadi; 

- turmush farovonligining oshishi. Ikki kunlik dam olish ishchi xodimlarda oilasi bilan ko‘proq vaqt o‘tkazish imkoniyatini yaratib, ularda oilasi bilan dam olish, sayohatlarga chiqish va bola tarbiyasi bilan birgalikda shug‘ullanish, uy yumushlarini kamaytirish imkoniyatini yaratadi va bu o‘z navbatida, jamiyatimizning asosiy bo‘g‘ini bo‘lgan oilaning mustahkam bo‘lishiga qulay imkoniyat yaratadi; 

- byudjet tashkilotlari uchun xarajatlarni iqtisod qilish imkoniyati. Turli xil kommunal xarajatlar o‘rtacha 15-20% ga qisqaradi. Xodimlar ham qisqartirilgan kunlar hisobiga yo‘l va ovqatlanish xarajatlaridan iqtisod qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

“Shu sababdan respublikamizdagi barcha korxona-tashkilotlarda 5 kunlik ish kunining tashkil qilishni va uning qat’iy ta’minlanishini taklif qilaman”, - deb yozadi petitsiya muallifi. 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан