Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Ish staji yetarli bo‘lmagan fuqaroga ham pensiya tayinlanadi
17.02.2021 21:17,  
2924

“Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qonun loyihasi e’lon qilindi.

Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, mazkur qonunga muvofiq, ishlovchi fuqarolar tomonidan ishlamaydigan turmush o‘rtoqlari kelgusida pensiya ta’minotiga ega bo‘lishi uchun o‘z daromadidan ixtiyoriy ravishda har oyda ijtimoiy soliq to‘lash huquqi berish va ish stajiga qo‘shib hisoblash tartibi nazarda tutilgan. Mazkur tizim amaliyotga joriy etilsa, uy bekasi bo‘lgan ayol kelajakda pensiya olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.  

Shuningdek, 2005 yil 1 yanvardan avvalgi davr uchun ish staji shaxsning mehnat daftarchasida (elektron mehnat daftarcha)gi mavjud yozuvlar asosida hech qanday tasdiqlovchi hujjatlar talab etilmasdan hisoblanadi. Bunda, 2021 yil 1 iyundan boshlab yangi pensiya tayinlashda 2005 yildan avvalgi yillar uchun ish staji shaxsning mehnat daftarchasida mavjud yozuvlar asosida hech qanday tasdiqlovchi hujjatlar talab etilmasdan hisoblash tatbiq etiladi.

Ishlovchi fuqarolar tomonidan ishlamaydigan turmush o‘rtoqlari kelgusida pensiya ta’minotiga ega bo‘lishi uchun o‘z daromadidan ixtiyoriy ravishda har oyda ijtimoiy soliq to‘lash huquqi beriladi va ish stajiga qo‘shib hisoblanadi. Mazkur tizim amaliyotga joriy etilsa, oilada bola parvarishi va boshqa yumushlar bilan band bo‘lgani yoki turmush o‘rtog‘ining xohishiga asosan ishlamagan turmush o‘rtog‘ini kelajakda pensiya bilan ta’minlash imkoniyati yaratiladi.

Pensiya va nafaqalar fuqaroning xohishiga ko‘ra ro‘yxatga olingan doimiy yashash yoki vaqtincha turgan joyi bo‘yicha tayinlanadi va to‘lanadi. Endi fuqarolar doimiy yoki vaqtincha ro‘yxatga olingan turar joyi bo‘yicha pensiya (nafaqa) tayinlash va to‘lash uchun murojaat qilishi mumkin. Fuqaro viloyatda doimiy yashayotgan (propiska), biroq Toshkent shahrida vaqtincha ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lsa, pensiya tayinlash yoki to‘lash uchun viloyatga borish bilan bog‘liq ovoragarchiligi bartaraf etiladi.

Uch yil va undan avval tayinlangan yoki qayta hisoblangan pensiyalar tekshirilishiga hamda pensiya miqdoridan ortiqcha pullar to‘langanligi aniqlangan holatda ortiqcha to‘langan summalarni ushlab qolishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Qonun loyihasida fuqaroning vafoti munosabati bilan olinmay qolgan pensiyalarni uni olish huquqiga ega bo‘lgan fuqarolarga to‘liq oy uchun to‘lash tizimini joriy etish taklif etilmoqda.  

Ma’lumot o‘rnida ta’kidlash lozimki, joriy yil yakuniga qadar 100 ming, kelgusi yilda yana 200 ming fuqaro ortiqcha sarson bo‘lmay pensiya olish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Shuningdek, ish staji yetarli bo‘lmaganda ham pensiya tayinlanishi mumkin. Ish staji to‘liq bo‘lmagan chog‘dagi pensiyalar bor stajga mutanosib miqdorda tayinlanadi.

Bundan tashqari, pensioner olishi lozim bo‘lgan va uning vafoti munosabati bilan olinmay qolgan pensiya puli meros tarkibiga kiritilmasdan boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi bilan ta’minlanadigan shaxslar doirasiga kiruvchi oila a’zolariga to‘lanadi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан