Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






"Ishdan quritvoraman... formangni yech yediraman..." sarlavhasi ostida tarqalgan video lavha yuzasidan ma’lumot berildi
26.04.2021 20:51,  
2296

Ijtimoiy tarmoqda "Ishdan quritvoraman... formangni yech yediraman..." sarlavhasi ostidagi video lavha tarqaldi. Holat 2020 yilda Sirdaryo viloyatida sodir bo‘lgan.

2020 yil 17 sentyabr kuni soat 09:30larda, Oqoltin tumani IIB YHXB xodimlari A.Maxmudov va A.Mamatovlar tuman hududidan o‘tuvchi 4R-35 avtomobil yo‘lining 95-kilometrida xizmat olib borayotgan vaqtda A.Maxmudov tomonidan "Damas" rusumli avtomobil haydovchisiga to‘xtash ishorasi berilgan. Haydovchi ishoraga bo‘ysunmasdan harakatda davom etgan. Shundan so‘ng, YHXB xodimlari haydovchini "Neksiya-2" rusumli avtomobilda kuzatib borishgan. Haydovchi to‘xtagan vaqtda uning yoniga borib bo‘ysunmay harakatlanish sababi va me’yoriy hujjatlarini taqdim qilishi so‘ralganda, o‘zaro tortishuv va nizoli vaziyat yuzaga kela boshlagan. Shundan so‘ng, haydovchiga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 194-moddasi tartibida bayonnoma tuzilib, ushbu Kodeksning 291-moddasi tartibida avtomobil jarima maydoniga joylashtirilgan.

To‘plangan hujjatlar 2020 yil 22 sentyabr kuni Guliston shahar ma’muriy sudi tomonidan o‘rganilib, haydovchi A.T.ga nisbatan BHMning bir baravari miqdorida jarima jazosi belgilangan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан