Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






“Ishonch telefoni”ga xotin-qizlardan 15 mingdan ziyod murojaatlar kelib tushdi
11.07.2019 15:05,  
1028

Bu yil besh oyi davomida qisqa raqam “1146 – Ishonch telefoni”ga respublika xotin-qizlaridan 15 mingdan ziyod murojaat kelib tushdi. Bu haqda bugun o‘tkazilgan matbuot anjumanda Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Elmira Basitxanova ma’lum qildi.

Ularning eng ko‘pi uy-joy, oilada o‘zaro kelishmovchilik, sud qaroridan norozilik, aliment undirish va mahalladan moddiy yordam olish masalalari tashkil etadi.

“Ishonch telefoni”ga murojaatlar asosan Toshkent shahar, Qashqadaryo, Buxoro, Andijon, Xorazm viloyatlaridan kelib tushmoqda.

2018 yilda ayollarga nisbatan jami 5 664 holatda tazyiq va zo‘ravonliklar sodir etilgan bo‘lib, sodir etilgan jinoyatlar natijasida 932 nafar ayol jabr ko‘rgan.

Bugungi kunda joylarda 165 ta zo‘ravonlikdan jabr ko‘rganlar uchun reabelitatsiya markazlari tashkil etilgan. Bu markazlarga 5 mingdan ortiq ayollar qabul qilindi. Ulardan 815 nafar ayol tibbiy yordam, 1486 nafariga psixolog yordami ko‘rsatildi.

Shu bilan birga, tadbirkorlik faoliyatini boshlash va kredit olish uchun 496 ayolga yordam ko‘rsatilib, 743 ayol ish bilan ta’minlandi.    

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан