Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Ishsizlik nafaqasini olish uchun nima qilish kerak?
4.06.2020 15:43,  
911

Davlat xizmatlari agentligining ma’lum qilishicha, O‘zbekistonda ishsizlik nafaqasini tayinlash xizmatidan foydalanish uchun so‘rovnoma to‘ldiriladi va unga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:

  • - pasport yoki u bo‘lmaganda fuqaroning shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjat;
  • - ma’lumoti to‘g‘risidagi hujjat nusxasi.

Shuningdek, quyidagi hujjatlar talabgor tomonidan taalluqliligi bo‘yicha taqdim etiladi:

  • - mehnat daftarchasi nusxasi (agar mavjud bo‘lsa);
  • - kasbga ega bo‘lgan shaxslar uchun - kasbi yoki kasbiy malakasi mavjudligini tasdiqlaydigan hujjat nusxasi; 
  • - ilgari ishlaganlar, shu jumladan jazoni ijro etish muassasalaridan ozod etilgan shaxslar uchun - so‘nggi 12 oy uchun ish joyidan (talabgor o‘rindoshlik asosida bir necha joyda ishlagan bo‘lsa, uning tanloviga ko‘ra bir ish joyidan) ish haqi (mehnat daromadi, pul ta’minoti) to‘g‘risida ma’lumotnoma, tadbirkorlik faoliyatidan daromad olgan shaxslar uchun - soliq organidan ma’lumotnoma;
  • - nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun - talabgorga tavsiya etilgan ish xarakteri va sharoitlari to‘g‘risida tibbiy-mehnat ekspert komissiyasi xulosasi;
  • - sog‘ligi bo‘yicha mehnat faoliyati cheklangan shaxslar uchun - sog‘liqni saqlash muassasalaridan tegishli tibbiy xulosalar va boshqa tasdiqlovchi hujjatlar;
  • - jazoni ijro etish muassasalaridan ozod etilgan shaxslar uchun - jazoni ijro etish muassasalaridan ozod etilganlik to‘g‘risida ma’lumotnoma;
  • - talabgorning qaramog‘idagi bolalarining tug‘ilganlik haqidagi guvohnomalari nusxalari-talabgorning qaramog‘ida farzandlari bo‘lsa yoki talabgorning qaramog‘ida boshqa shaxslar bo‘lsa, ularning qonun hujjatlarida belgilangan nafaqa va pensiyalar olmasligi to‘g‘risida vakolatli organlarning (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limi yoki fuqarolarni o‘zini o‘zi boshqarish organi) ma’lumotnomasi nusxasi;
  • - sud qarori asosida daromadlarining ma’lum miqdori ushlab qolinayotgan shaxslar-talabgorning daromadlari ma’lum qismining ushlab qolinishi asoslari, ularning miqdori va o‘tkazilayotgan manzili bo‘yicha ma’lumotlar ko‘rsatilgan hujjatlar nusxasi.

Xizmat ko‘rsatish bepul bo‘lib, muddati 10 kun etib belgilangan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан