Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Ishxonasining darvozasini o‘g‘irlagan qorovul
25.02.2021 15:46,  
193

Namangan viloyati IIB Axborot xizmatining xabariga ko‘ra: Shu yilning 21 fevral kuni, Uchqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 1959 yilda tug‘ilgan fuqaro tuman IIBga ariza bilan murojaat qilib, unda shu yil 19 fevral kunidan 21 fevral kunigacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida noma’lum shaxs, narxi 15.000.000 so‘mlik 1 dona jamg‘arma darvozasini o‘g‘rilab ketganligini ma’lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.

Namangan viloyati hududida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi va IIVning 2021 yil 20 fevraldagi qo‘shma farmoyishiga asosan o‘tkazilayotgan “Zarbdor oyligi” va “Antiterror-Tozalash” tadbirlari davomida, Namangan shahar IIO FMB 2-sonli IIB JQB tezkor vakillari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni jamg‘armada qorovul bo‘lib ishlovchi, Namangan shahrida yashovchi, 1971 yilda tug‘ilgan fuqaro sodir etganligi aniqlangan.

Ushbu holat bo‘yicha Namangan shahar IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan 2021 yil 23 fevral kuni Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан