Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Islom sivilizatsiya markazida chiqqan yong‘in sababi ma’lum qilindi
5.12.2019 17:49,  
10036

5.12.2019 yil kuni soat 16:38 da, Olmazor tumani, Zarqaynar 1-tor ko‘chasida joylashgan yangi qurilayotgan Islom sivilizatsiya markazi hududida 150 kv.m. maydonida teploizolyasiya (penoplast) maxsulotlari yongan. Bu haqda Toshkent shahar yong‘in xavfsizligi xizmati xabar berdi.

Yong‘indan yangi qurilayotgan binoga zarar yetkazilmagan. Yong‘in o‘chirish jangovar bo‘linmalari chaqirilgan manzilga soat 16:44 da yetib borgan va ko‘rilgan tezkor chora va harakatlar natijasida yong‘in soat 16:54 da qurshab olinib, soat 17:06 da o‘chirilgan.

Yong‘in sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. Yong‘indan insonlarni halok bo‘lish va tan jarohati olish holatlari qayd etilmadi. Yong‘in joyiga 16 ta yong‘in o‘chirish texnikalari jalb qilingan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан