Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Islom Karimovning Asaka zavodini koreyslarga qanday sotgani ma’lum qilindi
23.05.2019 14:41,  
130

O‘zbekistonning birinchi va oxirgi davlat kotibi Rahim Rajabov O‘zA bilan suhbatda Islom Karimov Asakadagi pritsep zavodini Janubiy Koreyaning Daewoo shirkatiga qanday sotgani haqida gapirib berdi.

Rajabovning aytishicha, uning o‘zi tayyor zavodning koreyslarga sotilishiga qarshi bo‘lgan va Asakadagi bo‘sh yerda yangi zavod qurishni taklif qilgan.

«O‘shanda men hukumat raisi o‘rinbosari edim. Asakadagi hozirgi avtomobil zavodi o‘rnida traktorlarga pritsep ishlab chiqaradigan korxona bo‘lardi. Ittifoqo prezident Koreyaga bordi. U yerdan turib menga „Sening Asakadagi pritsep zavodingni koreyslarga sotdim“, deya telefon qildi. Vaholanki, zavodning o‘zi binoyidek ishlab turgan edi. Pritsep chiqarishning ham mashaqqatlari oz emas, chunki oddiy mashina to‘rtta odamni tashisa, u yuk tashiydi: tormozlari, g‘ildiraklari, disklari mustahkam bo‘lishi kerak. Men u kishiga, „Avtomobil zavodi kerak bo‘lsa, ishlab turgan zavod orqasidan 45 gektar yer ajrataylik, yangidan qurishsin“, dedim. Lekin o‘zingiz bilasiz, davlat rahbari „Men va’da qildim“ deb turgach, uning qaroriga qarshi chiqib bo‘lmaydi», — deydi Rahim Rajabov.

1997 yilda hukumatni tark etgan sobiq mulozim o‘sha paytlarda prezident atrofida davlatga vijdonan xizmat qilaman, degan odamlar kamayib, noma’qul odamlar ko‘payib, hammasi bir «mafiya» bo‘lib qolganini bildirdi.

«Mundoq o‘ylasangiz, prezidentni yomon deydigan odam men bo‘lishim kerak edi. O‘sha paytda, „Sen bilan ishlamayman“ deya ketganimcha — o‘ttiz yildan buyon haliyam ishlamayman. Hech kimning „odami“ ham bo‘lmaganman», — deydi u.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан