Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Islom Karimovning birinchi va oxirgi davlat kotibi vafot etdi
23.09.2020 11:53,  
2350

O‘zbekistonning sobiq prezidenti Islom Karimovning birinchi va oxirgi davlat kotibi Rahim Rajabov 83 yoshida vafot etdi. Bu haqida Uz24 manbasi xabar berdi.

Ma’lumot uchun, Rahim Rajabov 1937 yilda Buxoro viloyatida, xizmatchi oilasida tug‘ilgan. 1960 yilda Toshkent shahridagi O‘rta Osiyo politexnika institutini (hozirgi Toshkent davlat texnik universiteti) tamomlagan.

O‘z vaqtida «Uzbekselmash» va Toshkent ekskavator zavodida rahbar lavozimlarida ishlagan, sobiq SSSRning birinchi kompyuteri ishlab chiqarilgan «Algoritm» zavodini loyihalash va qurilish ishlariga boshchilik qilgan, uni boshqargan.

U 1990 yildan 1997 yilgacha O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi raisining o‘rinbosari, Davlat kotibi va bosh vazir o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan.

Ma’lumot tasdiqlanmadi: Islom Karimovning davlat kotibi Rahim Rajabov vafot etgani tasdiqlanmadi

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан