Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Islom Karimovning Matbuot kotibi og‘ir ahvolda ekani aytilmoqda
30.08.2021 20:26,  
402

O‘zbekistonning birinchi Prezidenti Islom Karimovning Matbuot kotibi bo‘lib ishlagan Irismat Abduxoliqovning hayoti xavf ostida. U darddan azob chekyapti. Bu haqda taniqli jurnalist Rahimjon Sultonov o‘zining Facebook sahifasida yozib qoldirdi. 

Jurnalistning qayd etishicha, Irismat Abduxoliqov koronavirus bilan kasallanib, Qibray tumanidagi shifoxonada davolanmoqda, ahvoli og‘ir. Avvaliga uni sog‘ayib qoldi deb uyiga jo‘natishgan, keyinroq Qibraydagi veteranlar reabilitasiya markazida davolangan. U yerda ahvoli yomonlashgach, tuman markaziy shifoxonasiga olib kelingan.

“Irismat aka yotgan palata 3-qavatda bo‘lib, 5 yil oldin yangilangan, lift ishlamaydi. Sanitariya qoidalari talabga javob bermaydi. 78 yoshli bemorni zinadan olib chiqqan. Irismat aka aytgandek, bu vaqtda uning ko‘zlaridan uchqun chiqib ketgandi. Aka o‘zi uchun dunyoni oxiri kelgan deb o‘ylayapti. Ovqatlari g‘arib, yana unga pul to‘lash kerak, dorilarni ham sotib olishi lozim. Men har doim telefon orqali suhbatlashganimda dunyo maydonida kuchli ovoz bilan jaranglaydigan Irismat Abduqoliqovning ovozi sekin so‘nib borayotganini his qilyapman”, deb yozgan jurnalist.

Irismat Abduxoliqov sobiq ittifoq davrida “Vremya” dasturining maxsus muxbiri bo‘lgan. Avval Islom Karimov, keyin Vazirlar Mahkamasining Matbuot kotibi bo‘lib ishlagan. Shuningdek, Milliy teleradiokompaniya va O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida jurnalistika bo‘yicha katta o‘qituvchi sifatida faoliyat yuritgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан