Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Islom Karimovning o‘g‘li “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAKni sudga berdi
10.10.2018 19:07,  
19

O‘zbekiston sobiq prezidenti Islom Karimovning  o‘g‘li Pyotr Karimov "O‘zbekiston havo yo‘llari" MAKdan maosh pulini undirib berishni so‘rab, Moskva Tver sudiga da’vo arizasi bilan murojaat qildi.

Sud matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, sud yig‘ilishi 24 oktyabr kuniga tayinlandi.

OAV ma’lumotiga qaraganda, Pyotr Karimov milliy aviakompaniyada yuqori lavozimda ishlagan.

Pyotr Karimovning so‘zlariga ko‘ra, “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK unga belgilangan ish haqini to‘lamagan.

Da’vo arizasi quyidagicha ifodalanadi: "to‘lanmagan ish haqini undirib berishga oid mehnat bo‘yicha nizolar".

“O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK bu holatdan xabari yo‘qligini ma’lum qildi.

Ayrim ma’lumotlarga qaraganda, Pyotr Karimov Aziya-Invest bankida ishlagan.

Pyotr Karimov 1969 yilda tug‘ilgan. OAV ma’lumotlarga ko‘ra, hozirgi vaqtda u Moskva viloyatida istiqomat qiladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан