Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Islom Karimovning xavfsizlik xizmati sobiq rahbari 3,5 yilga qamaldi
21.05.2019 13:08,  
19

Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent viloyat sudi 16 may kuni O‘zbekiston Davlat bojxona qo‘mitasining sobiq raisi Muidjon Tohiriyga nisbatan hukm chiqardi. 

Muidjon Tohiriy Jinoyat kodeksining 167 (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish), 207 (mansabga sovuqqonlik bilan qarash) va 209 (mansab soxtakorligi) moddalarida ko‘zda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topildi.

Sud bojxona qo‘mitasining sobiq rahbariga jazoni manzil-koloniyada o‘tashni ko‘zda tutuvchi 3 yil-u 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum etish hamda 3 yil muddatga rahbarlik va moddiy javobgarlik bo‘lgan lavozimlarda ishlash huquqidan mahrum etgan holda EKIHning 400 baravari (81,1 mln so‘m) miqdorida jarima jazolarini tayinladi.

Sobiq davlat maslahatchisi Muidjon Tohiriy hibsga olingani haqida 2018 yil dekabrida ma’lum bo‘lgan edi. Tohiriy 2006—2008 yillarda O‘zbekiston Milliy xavfsizlik xizmati raisi o‘rinbosari, 2008-2010 yillarda Milliy xavfsizlik kengashi kotibi o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan.

2010 yil sentyabrdan 2011 yil iyungacha O‘zbekiston prezidentining davlat maslahatchisi bo‘lgan.

2011 yil iyun oyidan yana MXX raisi o‘rinbosari lavozimiga qaytgan va 2016 yil oxirigacha ishlagan.

Orada 2013 yilda prezident xavfsizligi xizmatini ham boshqargan.

Uning so‘nggi ish joyi Davlat bojxona qo‘mitasi bo‘lib, 2016 yil 20 dekabrda rais etib tayinlangan va 2018 yil 12 fevral kuni ishdan olingan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан