Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Islom olamidagi mashhur manba – «Katta fiqh ensiklopediyasi»ning o‘zbek tilidagi taqdimoti bo‘lib o‘tdi (foto+video)
12.09.2020 15:13,  
871

Bugun 12 sentyabr kuni «Azon kitoblari» markazida islom olamida mashhur, juda ham muhim manba – «Katta fiqh ensiklopediyasi» kitobining taqdimot marosimi bo‘lib o‘tdi.

Foto: Sof.uz

Taniqli olim Hasanxon qori Yahyo Abdulmajid tomonidan Qur’on tilovati ila boshlangan taqdimot marosimida Azon.uz, Azon TV va Azon kitoblari loyihalari rahbari ustoz Mubashshir Ahmad, ushbu ensiklopediyaning tarjimonlar guruhi rahbari Abdulhodiy G‘iyos domla, olima ustoz Odinaxon Muhammad Sodiq va shuningdek ko‘plab ilm ahllari, yosh kitobxonlar, talabalar va OAV vakillari qatnashdi.

Marosimda qatnashgan Sof.uz muxbirining ma’lum qilishicha, tadbirda ustoz Mubashshir Ahmad, Hasanxon Yahyo Abdulmajid hamda Odinaxon Muhammad Sodiqlar ushbu kitob va uning mualliflari haqida bir qancha ma’lumotlarni berib o‘tdi.

Ustoz Mubashshir Ahmad. Foto: Sof.uz
Odinaxon Muhammad Sodiq. Foto: Sof.uz

Ma’lum qilinishicha, 200 dan ortiq Islom ulamolarining 40 yillik mehnatlari samarasi bo‘lgan ushbu kitob arab tilida 45 jilddan iborat. Kitob hozircha faqat urdu tiliga tarjima qilingan bo‘lib, uni o‘zbek tilidagi tarjimasi 47 jild bo‘lishi ma’lum qilindi. Kitobning o‘zbek tilidagi birinchi jildi 1000 nusxada chop etilgan.

«Katta fiqh ensiklopediyasi» kitobi: o‘zbek va arab tillarda. Foto: Sof.uz

Bundan tashqari kitob haqida fikr bildirgan tarjimonlar guruhi rahbari Abdulhodiy G‘iyos tarjima jarayonida bo‘lgan qiziqarli voqea-hodisalar va ilm bahs-munozaralari haqida so‘zlab o‘tdi.

tarjimonlar guruhi rahbari Abdulhodiy G‘iyos. Foto: Sof.uz

Shuningdek ushbu taqdimot marosimi jonli efirda yoritib borildi.

Taqdimot so‘ngida barcha kitob muxlislari tarjimonlar ustoz Mubashshir Ahmadning dastxatlari bilan kitoblarni xarid qilishni boshladi. Bu xalqimizning bu buyuk kitobni qanchalik intizor bo‘lganini bildiradi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан