Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Islom taraqqiyoti banki Boshqaruvchilar Kengashining 46-yillik anjumani dasturi doirasida Trastbank Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha Islom korporatsiyasi bilan 10 million AQSh dollari miqdorida BITIM imzoladi
4.09.2021 19:19,  
49

Islom taraqqiyoti banki Boshqaruvchilar Kengashining 46-yillik anjumani dasturi doirasida Trastbank Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha Islom korporatsiyasi (XSRIK) bilan 10 million AQSh dollari miqdorida BITIM imzoladi.

 

Islom taraqqiyot banki Boshqaruvchilar Kengashining Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan 46-yillik anjumani nafaqat bankka a’zo 57 ta davlat vakillarini birlashtiruvchi tadbir, balki muzokaralar o‘tkazish va turli tomonlar uchun foydali bo‘lgan shartnomalar imzolash uchun ham katta imkoniyatdir.

Anjumanning 4-kuni davomida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzakov, Islom taraqqiyoti banki prezidenti Muhammad Sulaymon al-Jassir hamda boshqa mas’ul shaxslar ishtirokidagi matbuot anjumani davomida “Trastbank” XAB Boshqaruvi raisi Sardor Rifatovich Normuxamedov Islamic Corporation for the Development (ICD) – Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha Islom korporatsiyasi bosh direktori janob Ayman Amin Sejini bilan 10 million AQSh dollari miqdoridagi mablag‘ ajratilishi to‘g‘risida BITIM imzoladi.

Ushbu mablag‘ sog‘liqni saqlash, jumladan, farmatsevtika sohasi oziq-ovqat sanoati kabi yo‘nalishlarni rivojlantirish uchun yo‘naltirilishi reja qilingan. Qolaversa, mazkur islomiy darcha orqali Trastbank mijozlariga islom moliyasi tamoyillari asosidagi moliyaviy xizmatlarni taklif etish ko‘zda tutilgan.

Eslatib o‘tamiz, 2018 yilning 9 iyulida Trastbank delegatsiyasining Jidda shahriga (Saudiya Arabistoni) tashrifi doirasida Trastbank xususiy aksiyadorlik banki va Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha Islom korporatsiyasi (XSRIK) o‘rtasida imzolangan Bitim bo‘yicha 7 million AQSh dollari miqdorida kredit liniyasi ajratilgan.

2019 yil 10 iyun sanasida “Trastbank” xususiy aksiyadorlik bankida Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha Islom korporatsiyasi vakillari o‘rtasida o‘zaro manfaatli hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum imzolangan. 

Ma’lumot o‘rnida: Xususiy tarmoqni rivojlantirish bo‘yicha Islom korporatsiyasi (ICD) xalqaro moliya muassasasi bo‘lib, Islom taraqqiyot banki (IsDB) guruhi tarkibiga kiradi. ICD 1999 yil noyabr oyida xususiy tarmoq loyihalarini moliyalashtirish, raqobat va tadbirkorlikni rivojlantirish, hukumatlar va xususiy kompaniyalarga maslahat xizmatlarini ko‘rsatish va tashqi investitsiyalarni rag‘batlantirish orqali a’zo mamlakatlarning iqtisodiy rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan.

O‘zbekiston Respublikasi 2004 yilning 14 sentyabrida ICD ga a’zo davlatlar qatoriga qo‘shilgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан