Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Ispaniya Qurolli kuchlari bosh shtabi boshlig‘i koronavirusga qarshi navbatsiz emlanganlikda ayblangach, iste’foga chiqdi
24.01.2021 13:27,  
97

Ispaniya Qurolli kuchlari bosh shtabi boshlig‘i general Migel Anxel Vilyarroya o‘zining koronavirusga qarshi emlanishi bilan bog‘liq shov-shuv fonida iste’foga chiqdi, deb yozadi «RBK».

General o‘z qo‘mondonligi ostidagi boshqa yuqori mansabdorlar bilan birgalikda COVID-19’ga qarshi belgilangan tartibdan tashqarida emlanganlikda ayblandi.

Shu munosabat bilan Vilyarroya Ispaniya mudofaa vaziri Margarita Roblesga iste’fo haqida ariza yubordi. Harbiy idora rahbari uni qabul qildi. O‘z xatida general belgilangan protokollarga rioya qilganini va koronavirusga qarshi dorini qabul qilishda o‘zining imtiyozli sharoitidan foydalanmaganini aytgan.

El Pais yozishicha, Vilyarroya o‘zini va mamlakat bosh shtabi qo‘mondonligi ostidagi boshqa harbiy xizmatchilarni emlashni buyurgan, holbuki ular aholini koronavirusga qarshi emlash bo‘yicha birlamchi guruhga kirmaydi.

Bu ma’lumot generalga nisbatan tanqidlar to‘lqinini hosil qildi. Nashrga ko‘ra, Robles bosh shtab boshlig‘ining iste’fosi haqida sal avvalroq qaror qabul qilgan. Ammo rahbariyat o‘zgarishi Ispaniya Vazirlar kengashi yig‘ilishidan keyingina amalga oshadi, majlis esa 26 yanvarda bo‘lib o‘tadi.

Ispaniya Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, pandemiya boshidan buyon mamlakatda qariyb 2,6 million kishi COVID-19’ga chalingan, 55 ming kishi vafot etgan. Mamlakatda 1,3 million dozadan ortiq vaksina tarqatib bo‘lingan, 1,1 milliondan ziyod odam emlangan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан