Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Ispaniyadan XV asrda haydalgan yahudiylarning avlodlariga fuqarolik berilyapti
9.10.2019 22:25,  
214

Ispaniya ichki ishlar vazirligi mamlakatdan 1492 yilda quvilgan sefard yahudiylarining avlodlariga fuqarolik berish uchun hujjatlarni qabul qilish ishlarini tugatdi.

Deutsche Welle xabariga ko‘ra, besh yil davomida 149 822 kishidan murojaat kelib tushgan. Ularning yarmiga fuqarolik berib bo‘lindi. Ularning aksari Argentina, Venesuela va Meksikadan kelgan. Sefardlar Lotin Amerikasiga XIX asrning oxirlarida va Ikkinchi jahon urushidan keyin borib qolgan. Bungacha Shimoliy Afrikada va Sharqiy O‘rta yer dengizi hududlarida yashagan.

Ispaniya hukumati “tarixiy adolatni tiklash” maqsadida sefardlarning avlodlariga ispan fuqaroligini berishga qaror qilgan edi. Buning uchun nomzodlar mazkur etnik guruhga mansubliklarini hujjatlar bilan isbotlashlariga to‘g‘ri keldi.

Ispan hukumatining qarori Marokashda noroziliklarga sabab bo‘ldi. Yahudiylar bilan bir paytda Ispaniyadan quvilgan musulmonlarning avlodlari ispan fuqaroligini olish ularning ham haqqi ekanini aytmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан